AQShdagi nufuzli Devid Geffen Tibbiyot kollejida bakalavr bosqichida bepul hamda $2,800 oylik stipendiya olib o'qish imkonini beruvchi Devid Geffen Scholarship mukofoti
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
30 Sen, 2021 · Muddat tugagan

AQShdagi nufuzli Devid Geffen Tibbiyot kollejida bakalavr bosqichida bepul hamda $2,800 oylik stipendiya olib o'qish imkonini beruvchi Devid Geffen Scholarship mukofoti

Bakalavr To‘liq taʼlim To'liq moliyalash

Tavsif

Kaliforniyadagi Los-Anjeles universiteti (UCLA)ning Devid Geffen tibbiyot maktabiga o'qishga kirgan har tomonlama iste’dodli talabalarni moddiy rag‘batlantirish maqsadida Devid Geffen nomidagi nufuzli stipendiya mukofoti ta’sis etilgan. 

Stipendiya har yili yangi qabul qilingan va universitet hamda kengash tomonidan eng munosib deb topilgan 25% foiz talabalarni 4 o‘quv yili mobaynida moddiy qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Mukofotga barcha o‘qishga qabul qilingan talabalar avtomatik da’vogar deb topiladi. 

Talablarga javob beruvchi g‘olib talabalar o‘qish pulidan ozod bo‘libgina qolmay, kundalik xarajatlari uchun oylik stipendiya bilan ham ta’minlanadilar.  Bu, o‘z navbatida, talabalarni moliyaviy o‘ylovdan xalos qilib, klinik amaliyot, o‘qitish, tadqiqot va jamoat xizmatlarida erkin qatnashishlariga yordam beradi. 

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Nomzod UCLA (University of Los-Angeles) dagi Tibbiyot kollejiga kirish uchun ariza bergan bo‘lishi lozim.
  • Stipendiya universitet tavsiyasi va belgilangan nizom natijasiga qarab berilishi bois, barcha arizachilar avtomatik tarzda stipendiya uchun da’vogar hisoblanadlar (eng maqbul deb topilgan 25% UCLA tibbiyot talabalariga stipendiya nasib qiladi).
  • Stipendiyani saqlab qolish uchun nomzod yaxshi va a’lo baholarga o‘qishi lozim (o‘zlashtirish darajasi tushib ketgan talabalar avvalgidek o‘qimagunlaricha stipendiyadan mahrum qilinadilar).

Imtiyozlar va qulayliklar

G‘olib nomzodlar uchun quyidagi imtiyozlar belgilangan:

  1. 4 yillik o‘qish puli qoplab beriladi;
  2. 4 yil uchun jami $34,000; har oy tahminan $2833 stipendiya beriladi (yashash hamda transport xarajatlari, o‘quv darsliklari va yotxonaga to‘lash uchun);
  3. O‘quv  yilining ilk haftasida tashkil etiladigan arzonlashtirilgan darsliklar xaridi uchun Iyul va Avgust oylari stipendiyasi tashlab beriladi.

Eslatma: Stipendiya talabalarni soliq to‘lashdan ozod qilmaydi. Talalabalar to‘lashi lozim bo‘lgan yagona soliq - bu UCLA VITA solig‘i. Batafsil bu yerda. 

Topshirish jarayoni

Nomzodlar quyidagi hujjatlarga ko‘ra saralanadilar:

  1. Onlayn ariza shakli;
  2. Onlayn topshirilgan tibbiyot kollejiga qabul testi (MCAT) natijasi;
  3. Bakalavr baholari;
  4. Tavsiyanoma xatlari (3 tadan 5 tagacha);
  5. Bitiruv guvohnomasi (agar kerak bo‘lsa);
  6. Hayotiy tajribalar (tadqiqot, volontyorlik ishlari, klinik amaliyoti, ish tajribasi, yetakchilik qobiliyati, nashrlari);
  7. Qabul suhbati natijasi.

Hujjat topshirish bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni va talablarni bu yerdan o‘qish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Devid Geffen tibbiyot maktabi stipendiyaga nomzodlarni tayinlashda bir qancha jarayonlar natijasiga tayanadi. 

Qabul qilingan barcha arizalar ko‘rib chiqilgach, ma’qul kelgan nomzodlar ikkinchi (imtihon) arizasini topshirish uchun taklif qilinadilar (ariza badali: $95.00). 

Har ikkala ariza natijasiga ko‘ra, ma’qul kelganlar suhbatga taklif qilinadi. Qabul qilishning yakuniy xulosasi qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi. 

Har bir murojaat etuvchiga bir marta qayta ariza berishga ruxsat beriladi. Qabul jarayoni AAMC tomonidan tavsiya etilgan qabul qilish protokoliga, shuningdek, kollejning bayonnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.

Qo‘shmcha ma’lumotlarni:

  • Mana bu sahifada keltirilgan ariza shaklini to‘ldirish orqali;
  • Qisqa savol-javoblar sahifasidan;
  • 202-828-0600 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish bilan olish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Daraja

    Bakalavr

  • Soha

    Tibbiyot va sogʻliqni saqlash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

AQSh AQShdagi nufuzli Devid Geffen Tibbiyot kollejida bakalavr bosqichida bepul hamda $2,800 oylik stipendiya olib o'qish imkonini beruvchi Devid Geffen Scholarship mukofoti
30 Sen, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.