Tavsif
AQSHdagi mashhur Berea kolleji 2025-yilning kuzidan boshlab oʻqish istagida boʻlgan barcha talabalarni irqi, yoshi, jinsi va millatidan qatʼi nazar, 100%grant asosida oʻqishga chorlaydi.
Talabalar deyarli barcha yoʻnalishlar boʻyicha ariza topshirishlari mumkin. Grant 4 yillik oʻquv davrining birinchi yilida toʻliq taqdim etilgani uchun, talabalarga taʼtil vaqtida qonunan ishlashga hamda oʻrtacha $2000 va undan yuqori miqdorda mablagʻ yigʻishga imkon beriladi.
Oʻqish davrida talabalar eng soʻnggi bilimlarni oʻzlashtiribgina qolmay, kerakli oʻquv jihozlari bilan ham taʼminlanadilar. Shuningdek, kollej moliyalashtirilgan amaliyot va chet elda oʻqish imkoniyati hamda bitiruvdan keyingi muvaffaqiyatlarni taʼminlash uchun zarur yordamni taqdim etadi.
Har yili dunyoning 70 dan ortiq davlat fuqarolari kollejda oʻqish uchun ariza topshiradilar va 30 ta eng kuchli nomzodga Berea kollejining xalqaro talabasi boʻlish nasib qiladi.