AQShning Ayova universitetidan malakali yozuvchi va adabiyot boʻyicha mutaxassislar uchun 11 haftalik IWP Fall Residency dasturi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
03 Noy, 2023 · Muddat tugagan

AQShning Ayova universitetidan malakali yozuvchi va adabiyot boʻyicha mutaxassislar uchun 11 haftalik IWP Fall Residency dasturi

Tadqiqot Qisman moliyalash

Tavsif

AQShning Ayova universiteti bu butun dunyodan boʻylab malakali yozuvchi va adabiyot mutaxassislari uchun 11 haftalik IWP Fall Residency rezidentlik dasturini taqdim etadi. Dastur gʻoliblari 11 hafta davomida oʻzlarining loyihalari ustida ishlashi uchun barcha sharoit yaratiladi. 2023-yilgi rezidentlik uchun turar joy Ayova shahri markazi yaqinidagi Iowa House mehmonxonasida joylashgan. Yozuvchilar shaxsiy hammom, mini muzlatgich va mikrotoʻlqinli pechni oʻz ichiga olgan shaxsiy xonaga ega boʻladilar.

Dasturning maqsadi dunyoning turli burchagidan kelgan yozuvchilarga yozish, oʻqish, tarjima qilish, oʻrganish, tadqiqot oʻtkazish, sayohat qilish, sahna koʻrinishlari yaratish va uni turli mutaxassislar bilan muhokama qilish imkonini beruvchi yagona madaniyatlararo muhitni taqdim etishdan iborat.

Dastur doirasida quyidagi tadbirlar tashkil qilinadi:

  • International Translation Workshop;
  • Readings;
  • IWP Panel Series;
  • IWP Cinematheque;
  • Theatre Collaborations;
  • Dance Collaborations;
  • Cultural Activities & Field Trips;
  • Community Interactions;
  • IWP Projects;
  • Domestic travel.

Dastur 2023-yilning 19-avgustidan 4-noyabriga qadar davom etadi. Unda onlayn va oflayn tarzda qatnashish imkoniyati mavjud.

Maʼlumot uchun: International Writing Program (IWP) dunyodagi eng qadimgi va eng yirik koʻp millatli yozuvchilik rezidensiyasidan biri hisoblanadi. Dastur 50 yildan ortiq muddatda faoliyat yuritib kelmoqda. Dastur doirasida har yili dunyoning turli qitʼasidan boʻlgan taniqli mualliflar xalqaro miqyosda mashhur boʻlgan Amerikaning yirik tadqiqot instituti — Ayova Universitetiga jalb qilinadi. 1967-yildan beri dasturning kuzgi rezidensiyasida 150 dan ortiq mamlakatlardan 1500 dan ortiq yozuvchilar qatnashgan. IWP Ayova shahrida joylashganligi sababli YuNESKOning Adabiyot shahri sifatida belgilangan birinchi Amerika shahri hisoblanadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Badiiy adabiyot, sheʼriyat, drama yoki ssenariy sohasida karyerasining boshlangʻich yoki oʻrta bosqichidagi yozuvchilar qatnashishi mumkin;
  • Adabiy tarjimonlar va jurnalistlar ham ishtirok etishi mumkin (lekin ijodiy janrlardan birida oʻxshash tajribaga ega boʻlish lozim);
  • Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim;
  • Yozuvchilar soʻnggi ikki yil ichida muhim nashrlarda chop etilgan ishlari bilan bir qatorda kamida bitta nashr etilgan ishga ega boʻlishi kerak;
  • Dastur davomida loyihani toʻliq tugallash talab qilinmaydi.

Muhim: Dastur faqat yozuvchilar uchun moʻljallangan boʻlib, ularning yaqinlarini (turmush oʻrtoq, sherik yoki bolalar) qabul qila olmaydi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dasturda bepul qatnashish mumkin;
  • Turar joy bilan taʼminlanadi;
  • Dam olish va sogʻlomlashtirish markazi hamda Ayova universitetining kutubxona tizimiga kirish imkoniyati beriladi;
  • Dastur doirasida madaniy tadbirlar tashkil qilinadi;
  • Turli soha mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlash va madaniy sohada bilim almashish mumkin;
  • Professional mashgʻulotlar uchun sayohat qilishga ruxsat beriladi.

Eslatma: Dastur ishtirokchilarni moliyalashtirmaydi, balki aksincha ularni moliyalashtiruvchi hamjamiyat va agentliklarga yoʻnaltiradi. Aynan shu agentliklar munosib deb topgan nomzodlarining xarajatlari uchun mablagʻ ajratadi.

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Talab qilinadigan hujjatlar:

  • CV;
  • Ijodiy ish namunasi (maksimal 10-15 bet).

Eslatma: Barcha ishlar ingliz tilida boʻlishi kerak. 

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Tadqiqot

  • Moliyalashtirish

    Qisman moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

AQSh AQShning Ayova universitetidan malakali yozuvchi va adabiyot boʻyicha mutaxassislar uchun 11 haftalik IWP Fall Residency dasturi
03 Noy, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.