AQShning Illionois Wesleyan universitetida bakalavr bosqichida bepul oʻqish imkoniyatini beruvchi Presidentʼs Scholarship grant dasturi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
14 Fev, 2022 · Muddat tugagan

AQShning Illionois Wesleyan universitetida bakalavr bosqichida bepul oʻqish imkoniyatini beruvchi Presidentʼs Scholarship grant dasturi

Bakalavr To‘liq taʼlim Bepul o'qish

Tavsif

AQShning Illinois Wesleyan universiteti bakalavr bosqichini shu universitetda oʻqimoqchi boʻlgan har tomonlama faol va bilimli chet ellik talabalarni qoʻllab-quvvatlash va moddiy jihatdan ragʻbatlantirish maqsadida Presidentʼs Scholarships grant dasturini tashkil etgan. Dasturga har yili talabalarning qobiliyati, qiziqishi va akademik yutuqlariga qarab 2 nafar nomzod tanlab olinadi va 4 yil davomida kontrakt toʻlovlarsiz oʻqish imkoniyatiga ega boʻladi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Nomzodlar AQSh fuqarosi boʻlmasligi kerak;
  • Maktab yoki kollejni tamomlagan bo'lishi yoki universitetda o'qish boshlanish sanasigacha bitirib bo'lgan bo'lishi lozim;
  • Ingliz tilini bilish darajasini ko'rsatish uchun IELTS minimum 6.5 yoki TOEFL iBT 80 sertifikatini taqdim qilish kerak;
  • Illinois Wesleyan universitetida bakalavr bosqichida oʻqish uchun ariza topshirgan va qabul qilingan boʻlishi shart;
  • Yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi lozim;

Talablar haqida batafsil ushbu havola orqali bilib olishingiz mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dasturga tanlab olingan talabalar 4 yilgacha oʻqish kontrakt toʻlovidan ozod etiladi.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashish uchun nomzodlar universitetga onlayn ariza topshirishlari kerak. Dastur uchun alohida ariza talab etilmaydi.

Kerakli hujjatlar:

  • IWU Application yoki Common Applicationning to'ldirilgan shakli;
  • Tamomlagan maktab yoki litsey/kollej baholari;
  • Oʻqituvchidan 1 ta tavsiyanoma;
  • Personal statement, yaʼni shaxsiy bayonot.
  • ACT/SAT sertifikati. Agar sertifikat boʻlmasa, intervyu topshirishlari kerak boʻladi;
  • Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (IELTS/TOEFL).

Barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi kerak. Hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot topishingiz mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun ushbu havolaga oʻting yoki tsun@iwu.edu ushbu manzilga xabar yuboring.

Tel: (309) 556-1000

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali bilib olishingiz mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Bepul o'qish

  • Daraja

    Bakalavr

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

  • IELTS talabi

    Min: 6.5

AQSh AQShning Illionois Wesleyan universitetida bakalavr bosqichida bepul oʻqish imkoniyatini beruvchi Presidentʼs Scholarship grant dasturi
14 Fev, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.