AQShning Janubiy Kaliforniya universitetidan tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) sohasi boʻyicha 3 oylik haq toʻlanadigan amaliyot
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
27 Yan, 2022 · Muddat tugagan

AQShning Janubiy Kaliforniya universitetidan tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) sohasi boʻyicha 3 oylik haq toʻlanadigan amaliyot

Amaliyot Qisman moliyalash

Tavsif

USC University of Southern California universiteti tabiiy tillarni qayta ishlash, mashinaviy oʻrganish, statistik modellashtirish, kompyuter lingvistikasi va mashina tarjimasi boʻyicha loyihalarni ishlab chiqishda yordam berish uchun malakali va bilimga ega bakalavr va magistratura talabalarini amaliyotga jalb qilmoqda.

Amaliyotchilar 2022-yilning yozida uch oylik (12 hafta) muddatda amaliyot olib borish imkoniyatiga ega boʻladi. Qolaversa, yashash xarajatlarini qoplash uchun yetarli darajada oylik maosh beriladi. Amaliyotlar Marina del Reyda oʻtkazilishi rejalashtirilgan, ammo COVID-19 cheklovlari tufayli ular onlayn tarzda oʻtkazilishi mumkin. Agar virtual boʻlgan taqdirda ham, ishtirokchilar amaliyot davomida AQShda yashashlari kerak.

Ishtirokchilar dasturlash boʻyicha yetarli bilim va koʻnikmaga ega boʻlishi lozim, lekin tabiiy tilni qayta ishlash boʻyicha oldingi tajriba muhim ahamiyat kasb etmaydi. Amaliyotchilar uchun yozning boshida tegishli mavzular boʻyicha oʻquv qoʻllanmalarini taqdim etiladi.

Dasturning avvalgi yillardagi mavsumi va yoʻnalishlari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Nomzod universitetning bakalavr yoki magistratura talabasi boʻlishi kerak;
  • Tabiiy tillarni qayta ishlash (natural language processing), mashinaviy oʻrganish (machine learning), statistik modellashtirish (statistical modeling), mashina tarjimasi (machine translation), yangi til yaratish (creative language generation) boʻyicha katta qiziqish va bilimga ega boʻlishi lozim;
  • Yaxshi dasturlash koʻnikmalari talab etiladi;
  • Akademik va ijtimoiy jihatdan faol boʻlishi lozim;
  • Ingliz tilini mukammal darajada bilishi shart;

Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Amaliyotchilarga yashash xarajatlarini qoplash uchun yetarli darajada oylik maosh beriladi;
  • Yozning boshida amaliyotga tegishli mavzular boʻyicha oʻquv qoʻllanmalari taqdim etiladi.

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etish uchun ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish va maʼlumotlarni toʻldirish soʻraladi.

Kerakli hujjatlar:

  • CV;
  • Statement of purpose, yaʼni nega dasturda qatnashmoqchiligi aks etgan bayonnoma;
  • Tavsiyanoma va tavsiya beruvchilarning email manzillari.

Ariza topshirish haqida ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Koʻp beriladigan savollar va uning javoblari haqida ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun: intern-program@isi.edu

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Amaliyot

  • Moliyalashtirish

    Qisman moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

AQSh AQShning Janubiy Kaliforniya universitetidan tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) sohasi boʻyicha 3 oylik haq toʻlanadigan amaliyot
27 Yan, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.