Tavsif
International Diversity Scholarship — AQShdagi Maryville College oliygohi tomonidan har yili eng iqtidorli xalqaro talabaga taklif etiladigan grant dasturi. Ushbu grant dasturi oliygoh tomonidan taqdim etiladigan eng nufuzli grant dasturlaridan biri hisoblanadi va barcha bakalavr dasturlari uchun amal qiladi.
Grant dasturi faqat 1 nafar talabaga taqdim etiladi
Grant sohibi 4 yillik bakalavr darajasida oʻqish toʻlovidan toʻliq ozod etiladi va boshqa xarajatlar talaba tomonidan qoplanishi kerak.
Bakalavr dasturlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.