Tavsif
The Stamps Scholarship dasturi AQShning Mayami shtatida joylashgan Mayami universiteti tomonidan eʼlon qilingan boʻlib, bakalavr bosqichida oʻqish uchun moʻljallangan. Dasturda maktab, litsey yoki kollejni shu yili bitiradigan o'quvchilar ishtirok etishlari mumkin. Grant uchun qobiliyatli, yuqori ilmiy salohiyatga ega va akademik koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan nomzodlar saralab olinadi.
Grant sovrindorlariga universitet oʻqish xarajatlari va kontrakt puli toʻlab beriladi. Bundan tashqari boshqa xarajatlar uchun 12,000 AQSh dollari miqdordagi pul ham ajratiladi. Turarjoy va ovqatlanish ham bepul.
2026-yil bahоridan bоshlanadigan оʼquv yili uchun hujjatlar qabuli 2025-yil 1-nоyabrgacha davоm etadi.