Tavsif
AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi “Summer Work Travel” - “Yozgi taʼtilda ish va sayohat” dasturining navbatdagi qabuli ochilganligini eʼlon qiladi.
“Summer Work Travel” dasturining maqsadi jahonni taʼlim va madaniy almashuv orqali oʻrganishdan iborat. Аlmashinuv dasturi boʻyicha kelgan barcha tashrif buyuruvchilar dasturlari tamomlangandan soʻng oʻz davlatlariga qaytib borib yangi tajribalarni oʻrtoqlashishlari va tarqatishlari kutiladi.
Ushbu dastur xorijiy talabalarga kollej yoki universitetdagi yozgi taʼtillari davomida Qoʻshma Shtatlarda yashash va ishlash imkoniyatini beradi. Eng muhimi, mazkur almashuv dasturi ishtirokchilar Аmerika xalqi bilan oʻzaro aloqa qilish hamda Аmerika madaniyati bilan tanishish imkoniga ega boʻladilar.
Dastur talabaning oʻqiyotgan oliygohi taʼtiliga qarab 4 oygacha davom etadi. Ushbu muddat talabalarning oʻqish kunlariga taʼsir qilmasligi kerak. Dastur davomiyligi jadvali bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin. Dastur yakunlangandan soʻng talabalar oʻz davlatiga qaytishlari kerak boʻladi.
Dasturda qatnashish uchun nomzodlar avval turli xil amerikalik homiylar bilan aloqaga chiqishi va nima ish bilan mashgʻul boʻlishini aniqlashtirib olishi kerak.