Tavsif
Tadbirkor ayollar akademiyasi (AWE) kichik biznesiga ega boʻlgan ayollar uchun maxsus ishlab chiqilgan trening va murabbiylik dasturidir. Bu dastur tashabbuskor ayollarga muvaffaqiyatli biznesni boshlash va kengaytirish uchun zarur boʻlgan bilim, hamkorlar topish imkoniyatini beradi.
AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi va Tech4Impact nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligida butun dunyo boʻylab tadbirkor ayollarni qoʻllab-quvvatlovchi AQSh hukumati tashabbusi bilan Oʻzbekistonda ilk bora Tadbirkor ayollar akademiyasini (AWE) tashkil etilmoqda. Dastur Fargʻona vodiysidagi tadbirkor ayollar uchun taqdim etiladi.
AWE dasturi Arizona shtat universiteti tomonidan ishlab chiqilgan DreamBuilder deb nomlangan onlayn kursga asoslangan holda olib boriladi. Oʻzbekistonning yetakchi mahalliy biznes rahbarlari 2025-yil yanvar-fevral oylarida davom etishi rejalashtirilgan intensiv dasturda ishtirok etishlari mumkin.
AWE dasturi orqali ishtirokchilar asosiy biznes koʻnikmalariga ega boʻladilar va tajribali dasturchilar, mahalliy murabbiylar va AQSh almashinuvi bitiruvchilari bilan qizgʻin muhokama olib borish imkoniyatiga ega boʻladi.
Saralangan ishtirokchilar avval onlayn kurslarni yakunlaydi va mahalliy tashkil etiladigan oflayn kurslarni davom ettiradi.