AQShning San Fransisko shahrida 4 oygacha amaliyot o‘tash uchun Weinstein JAMS International Fellowship dasturi. Loyihalar $20,000 gacha pul mablag'i bilan ta'minlanadi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
18 Noy, 2021 · Muddat tugagan

AQShning San Fransisko shahrida 4 oygacha amaliyot o‘tash uchun Weinstein JAMS International Fellowship dasturi. Loyihalar $20,000 gacha pul mablag'i bilan ta'minlanadi

Bakalavr +1 Tadqiqot Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

AQSHda 2008-yilda tashkil qilingan Weinstein JAMS International Fellowship Program 2022-yil uchun arizalar qabul qilinganini e’lon qiladi. Dastur nizolarni muqobil ravishda hal qiladigan, fidokor hamda o‘z mamlakatlari, undan tashqari hududlardagi nizolarni hal qilish bo‘yicha ta’lim olish, malaka oshirish imkoniyatini kengaytirishga intiluvchi shaxslar uchun tashkil qilingan.

Ishtirokchilar takliflarining  xususiyatiga qarab universitet dasturlarida ishtirok  etish  yoki qiziqish va maqsadlarini rivojlantirishga yordam beradigan boshqa tashkilot va muassasalarga biriktirilishlari mumkin. Shuningdek, 1 oydan 4 oygacha mo‘ljallangan dastur davomida ishtirokchilar ADR (Alternative dispute resolution)ga doir masalalarni JAMS tomonidan qanday hal qilinishini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Nomzodlar AQSH fuqarosi bo‘lmasligi kerak
  • Ingliz tilida ravon gapira olishi kerak
  • Taklif etilayotgan amaliyot loyihasi 1 oydan 4 oygacha bo‘lishi kerak
  • Amaliyotga ajratilgan mablag‘ faqat AQSHdagi mashg‘ulotlar uchun ishlatilishi mumkin, ishtirokchi mamlakatidagi loyihalar uchun emas
  • Nizolarni hal qilishni maqbul tizimini yaratish yoki nizolarni hal qilish usullarini o‘zgartirishga yordam beradigan takliflar  ustun ko‘riladi
  • Sudya, advokat, huquq professori, sud ma’muri, davlat amaldorlari hamda nizolarni muqobil hal qilish bo‘yicha(ADR) amaliyotchi sifatida tajribaga ega nomzodlarga ustun  ko‘riladi
  • Amaliyot yilining sentyabr oyi boshida San-Fransisko ko‘rfazi hududida bo‘lib o‘tadigan amaliyotchilarning yillik yig‘ilishida qatnasha oladigan nomzodlar ustun ko‘riladi

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida $20.000 pul mablag‘i

Qo'shimcha ma'lumot

  • Natijalar 2022-yilning mart oyida e’lon qilinadi

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Tadqiqot

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Daraja

    Bakalavr, Magistratura

  • Dastur tili

    Ingliz tili

AQSh AQShning San Fransisko shahrida 4 oygacha amaliyot o‘tash uchun Weinstein JAMS International Fellowship dasturi. Loyihalar $20,000 gacha pul mablag'i bilan ta'minlanadi
18 Noy, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.