Grantga hujjat topshirish jarayoni quyidagicha:
- Hujjatlar ugadm@simmons.edu elektron manzili orqali yuboriladi.
- Elektron manzilga “Simmons Distinguished Scholar Award application” mavzusi bilan quyidagilarni yuborishi kerak:
- Rezyume;
- Nomzod liderlik mahoratini tasvirlab beradigan insho yozishi kerak: qanday tajribalar uni lider qilganini va Simmonsda qanday rahbar/lider boʻlishi haqida 300-500 soʻzdan iborat insho.
Eslatma: Faylni kerakli formatda (PDF yoki Word) topshirish nomzodning majburiyati, qabul komissiyasi mos kelmaydigan formatdagi fayllarni (masalan, Google Docs, Pages va boshqalarni) qabul qilmaydi.
Joʻnatilgan hujjatlarning har bir betida nomzodning ism-familiyasi aks etishi shart!
Bakalavrga hujjat topshirish jarayoni quyidagicha:
- Bakalavrga hujjat topshirish grantdan alohida amalga oshiriladi.
- Buning uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
- Umumiy ariza;
- Ikkita tavsiyanoma (biri oʻqituvchidan, ikkinchisi maslahatchidan);
- Rasmiy oʻrta maktab attestati (iloji boʻlsa, toʻgʻridan toʻgʻri maktab maʼmuriyatidan yuborilishi va ingliz tiliga tarjima qilingan boʻlishi kerak);
- TOEFL/IELTS yoki SAT/ACT ballari (Agar ingliz tili npomzodning ona tilisi boʻlmasa, TOEFL/IELTS ballari talab qilinadi);
- Intervyu (tavsiya etiladi, lekin shart emas);
- Duolingo ingliz tili testi (tavsiya etiladi, lekin shart emas);
Simmons universitetiga kirish huquqini olgandan soʻng, oʻqishga kirish depozitini topshirgan talabalarga I-20 beriladi.
Bakalavrga hujjat topshirish jarayoni bilan bu yerda batafsil tanishish mumkin.