Tavsif
Appalachian Davlat Universiteti tomonidan foydali loyihalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida grant takliflarini tayyorlash va grant yozish boʻyicha 4 kunlik seminar-trening taqdim etiladi. Ushbu dastur Oʻzbekistondagi AQSh elchixonasi tomonidan moliyalashtiriladi.
Seminar 2025-yil may-iyun oylarida Nukus, Qarshi va Andijonda oʻtkazilishi rejalashtirilgan boʻlib unda grant yozish bosqichlari koʻrsatiladi, soha boʻyicha ilgʻor tajribalar yoritiladi hamda seminarlarda trenerlarni tayyorlash (TOT) yondashuvidan foydalaniladi. Seminar yakunida har bir ishtirokchi amalga oshirish uchun Harakatlar rejasi va moliyalashtiruvchi tashkilotga taqdim etish uchun kamida bitta grant taklifini ishlab chiqishi kutilmoqda.
Onlayn seminarlar (Zoom orqali) 2025 yil 4-7 fevral kunlari, oflayn seminarlar esa 2025-yil 19-maydan 2-iyungacha boʻlib oʻtadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.