AQShning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan bakalavr talabalari uchun amaliyot dasturi-  Student Internship Program in the Human Resources Office
O‘zbekiston O‘zbekiston
25 Sen, 2022 · Muddat tugagan

AQShning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan bakalavr talabalari uchun amaliyot dasturi- Student Internship Program in the Human Resources Office

Amaliyot Bepul ishtirok

Tavsif

AQShning Toshkentdagi elchixonasi hozirda Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasasi bakalavr bosqichining 1-3-kursida oʻqiyotgan talabalar uchun xalqaro tashkilotda amaliyot oʻtash imkoniyatini eʼlon qildi.

Dasturga qabul qilingan talaba Human Resources Office (HRO), yaʼni kadrlar boʻlimida 6 davomida amaliyot oʻtash imkoniyatiga ega boʻladi.

Ish vaqti: haftasiga 20 soat, yarim stavka — dushanbadan jumagacha.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Nomzod kamida 18 yoshdagi Oʻzbekiston fuqarosi boʻlishi zarur;
  • Oʻrta maxsus taʼlimni tamomlagan va hozirda Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasalaridan birida bakalavrning 1-3-kursida oʻqiyotgan boʻlishi kerak;
  • Akademik koʻrsatkichlari yuqori boʻlishi lozim;
  • Kompyuter, internet va xodimlar bilan ishlash koʻnikmasiga ega boʻlishi zarur;
  • Ingliz, rus va/yoki oʻzbek tillarini mukammal bilishi shart.

Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dasturga qabul qilingan talaba xalqaro tashkilotda amaliyot oʻtaydi;
  • Ingliz tili va kompyuter bilimlarini oshirish, kadrlar boʻlimi (HR) bilan bogʻliq turli tadbirlarda faol ishtirok etish orqali tadbirlarni rejalashtirish, loyiha va vaqtni boshqarish qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniga ega boʻladi;
  • Amaliyot dasturi tugagandan soʻng AQSh elchixonasi tomonidan maxsus sertifikatga ega boʻladi.

Eslatma: Amaliyotchilarga hech qanday imtiyoz yoki kompensatsiya berilmaydi va kelajakda ish bilan taʼminlanishi kafolatlanmaydi. Amaliyotchi talaba oʻz vazifalarini bepul xizmat koʻrsatish shartnomasi boʻyicha bajaradi. 

Batafsil ushbu havola orqali ma'lumot olish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etish uchun kerakli hujjatlar TashkentRecruitment@state.gov elektron manziliga “FNSIP 2022/02 - “HR Internship Program” mavzusi ostida yuborilishi lozim.

Kerakli hujjatlar:

  • Toʻldirilgan ariza shakli;
  • Pasport nusxasi;
  • Oʻqish joyidan maʼlumotnoma;
  • Universitetda oʻqiyotgan fanlar va baholari;
  • Tavsiyanoma va sertifikatlar (ixtiyoriy).

Barcha hujjatlar ingliz tilida belgilangan muddatgacha topshirilishi shart.

Qo'shimcha ma'lumot

Saralash jarayoni:

  • Suhbat uchun faqat saralangan nomzodlar bilan bogʻlaniladi;
  • Tanlangan nomzod taʼlim muassasasining yozma ruxsati va boshqa zarur hujjatlarni taqdim etishi kerak;
  • Tanlangan nomzod majburiy tibbiy va xavfsizlik ruxsatnomasiga ega boʻlishi kerak.

Dastur haqida toʻliq ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Qoʻshimcha murojaatlar uchun: +99878 120 54 50;

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Amaliyot

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston AQShning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan bakalavr talabalari uchun amaliyot dasturi- Student Internship Program in the Human Resources Office
25 Sen, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.