Tavsif
AQShning Toshkentdagi elchixonasi ingliz tilini oʻrganishga qiziquvchi Buxoro yoshlari uchun maxsus “Alumni English” loyihasini eʼlon qiladi. Ushbu dasturda 14 yoshdan katta boʻlgan ingliz tilini kamida intermediate darajada biladigan barcha buxorolik yoshlar ishtirok etishi mumkin.
Kurslar 2 xil dasturda olib boriladi:
- Language in Use — bunda ingliz tilini bilish darajasi intermediate darajadan yuqori boʻlmagan yoshlar ishtirok etishi mumkin;
- TOEFLiBT Preparation Course — bunda ingliz tilini bilish darajasi intermediate darajadan yuqori boʻlishi kerak. Dastur asosan AQSh kollej va universitetlarida oʻqishni reja qilgan yoshlar uchun moʻljallangan.
Dastur 2022-yil 15-apreldan boshlanadi. Darslar haftasiga 3 marta 1 yarim soatdan davom etadi.
Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar avval maxsus imtihondan oʻtishlari lozim. Qabul qilingan ishtirokchilar ingliz tilida gapirish, oʻzaro suhbatlashish va eshitish koʻnikmalarini rivojlantirish bilan birga, AQSh madaniyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega boʻladi.