Tavsif
AQShning Toshkentdagi elchixonasi hozirda Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasasi bakalavr bosqichining 1-3-kursida oʻqiyotgan talabalar uchun xalqaro tashkilotda amaliyot oʻtash imkoniyatini eʼlon qildi.
Dasturga qabul qilingan talaba INL (International Narcotics and Law Enforcement ), yaʼni xalqaro giyohvand moddalar va huquqni muhozafa qilish boʻlimida 6 davomida amaliyot oʻtash imkoniyatiga ega boʻladi.
Ish vaqti: haftasiga 20 soat, yarim stavka — dushanbadan jumagacha.
Amaliyotchining asosiy vazifalari:
- Onlayn va oflayn uchrashuvlar tashkil etish va monitoring vazifalarini rejalashtirish;
- Tashqi majlislarda qaydlar yozib borish;
- Kerakli hollarda yig'ilishlar yoki tadbirlar bo'yicha hisobotlarni tayyorlash;
- Soha bilan bog'liq yangiliklarning muhim voqealari haqida ijtimoiy tarmoqlarda postlar yaratish;
- Doimiy ravishda oylik faoliyat hisoboti mazmunini tuzish;
- Ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarni monitoring qilish va muhim bayonotlar haqida hisobot berish;
- Bo'lim tomonidan yuklangan boshqa vazifalarni bajarish.