Tavsif
AQShning Toshkentdagi elchixonasi hozirda Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasasi bakalavr bosqichining 1-3-kursida oʻqiyotgan talabalar uchun xalqaro tashkilotda amaliyot oʻtash imkoniyatini eʼlon qildi.
Dasturga qabul qilingan talaba Information Systems Center/IT, yaʼni axborot tahlili markazi boʻlimida 6 davomida amaliyot oʻtash imkoniyatiga ega boʻladi.
Ish vaqti: haftasiga 20 soat, yarim stavka — dushanbadan jumagacha.
Amaliyotchining asosiy vazifalari:
- Dasturiy yechimlarga talablarni toʻplash uchun oxirgi foydalanuvchi maʼlumotlarini tahlil qilish;
- Ilovalarni kodlash, sinovdan oʻtkazish va qayta koʻrib chiqish;
- Nosozliklarni tuzatish va ularni bartaraf etish;
- Doimiy xavfsizlik va ish faoliyatini tekshirish;
- Har doim maxfiylik va yuqori darajadagi yaxlitlikni saqlash;
- Boʻlim tomonidan berilgan boshqa vazifalarni bajarish.