Tavsif
AQShning Toshkentdagi elchixonasi hozirda Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasasi bakalavr bosqichining 1-3-kursida oʻqiyotgan talabalar uchun xalqaro tashkilotda amaliyot oʻtash imkoniyatini eʼlon qildi. Ishtirokchilar AQShning Oʻzbekistondagi xalqaro rivojlanish dasturi boʻyicha amaliyot dasturi olib boradilar. Dasturga qabul qilingan talaba xalqaro tashkilotda amaliyot oʻtash, ingliz tili va kompyuter bilimlarini oshirish imkoniyatiga ega boʻladilar. Shuningdek, ishtirokchi loyihalarni tashkillashtirish hamda AQShning xalqaro rivojlanish dasturi jarayonida faol ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritishadi. Dastur soʻngida AQSh elchixonasi tomonidan maxsus sertifikat taqdim etiladi.
Ish vaqti: haftasiga 20 soat, yarim stavka — dushanbadan jumagacha.
Dasturga qabul jarayoni 2022-yil 15-noyabrgacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.