Tavsif
AQShning Toshkentdagi elchixonasining Jamoatchilik diplomatiyasi bo'limi – Strategik kontentni muvofiqlashtirish boʻlimida (Public Diplomacy Section – Strategic Content Coordination Unit) 6 oylik Foreign National Student Internship Program amaliyot dasturi taqdim etiladi.
Amaliyot dasturi yarim kunlik boʻlib, haftasiga 20 soatni (dushanbadan jumagacha) tashkil qiladi.
Dasturdan asosiy maqsad qobiliyatli yoshlarni jalb qilish va dasturga qiziqqanlarga xalqaro tashkilotda ishlash kabi ajoyib imkoniyatni taqdim etishdan iborat. Dastur davomida amaliyotchilar oʻzlaridagi mavjud bilimlarni yanada oshirishadi hamda yuqori darajada malakali insonlardan iborat jamoada ishlash imkoniyatiga ega boʻlishadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.