Tavsif
AQShning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan IT yoki tegishli sohalarga qiziqqan 9 yoki 10-sinf o'quvchilari uchun xarajatlari qoplanadigan 17 kunlik yozgi oromgoh taqdim etiladi.
Yozgi oromgoh maktab o'quvchilarida IT va tegishli sohalarda ingliz tilini bilish qobiliyatini yanada rivojlantirish va mavjud bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan. Dastur professional ingliz tilini takomillashtirish, rivojlanayotgan IT texnologiyalarini o‘zlashtirish va ingliz tilini samarali qo‘llash kabi asosiy yo‘nalishlarga qaratilgan oromgohni taklif etadi.
Dastur davomida Ishtirokchilar quyidagilar erishishi ko'zlangan:
- Ingliz tilini rivojlantirish. Bu texnik lug'atni o'rganish va muloqot ko'nikmalarini mashq qilishni o'z ichiga oladi;
- IT ko'nikmalarini rivojlantirish. Bunda IT bo'yicha bilimlarni shakllantirish uchun amaliy trening va seminarlar o'tkaziladi;
- Jamoada ishlash, yetakchilik va muammolarni hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirish.
Yozgi oromgoh 2025-yil 28-iyuldan 15-avgustgacha Toshkent, Buxoro, Samarqand, Nukus va Farg'onada o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali ma'lumot olish mumkin.