- Hujjat topshirish bo'yicha jarayon haqida to'liq ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin;
- Kerakli hujjatlar:
- CV yoki Rezyume
- Ilmiy darajani tasdiqlovchi hujjatlar (Magistrlik yoki Doktorlik diplomi)
- 1 ta qisqa insho
- Tezis yoki Dissertatsiyaning qisqacha xulosasi (Jahon Banki kandidatlariga tegishli)
- 3 ta professional yoki akademik tavsiyanoma (Tavsiyanomalar takliflar muvofiqlikni tekshirish bosqichida elektron pochta orqali soʻraladi.)
- Qisqacha insho uchun savol. 6000 ta yoki undan kam belgi bilan quyidagilarni ifodalab berishingiz kerak bo'ladi:
- Nima uchun siz WBG YPP va tanlagan muassasangiz (IBRD, IFC yoki MIGA) bilan qiziqasiz;
- Nima uchun aynan siz shu joy uchun munosibsiz;
- Siz tanlagan muassasangiz va umuman Jahon banki qanday qilib yashil texnologiyalar, bardoshli va inklyuziv tiklanish yo'lida ishlaydigan COVID-19 ta'sirini qanday qilib qo'llab-quvvatlashi kerak?
Eslatma!
Ariza berishdan oldin, barcha talablarga javob berganingizga ishonch hosil qiling va talab qilinadigan materiallar uchun ariza roʻyxatini koʻrib chiqing. Sizdan arizani 90 daqiqalik sessiyada toʻldirishingiz talab qilinadi (saqlash va keyinroq davom ettirish mumkin emas va faqat toʻldirilgan arizalarni yuborish mumkin). Arizalar ariza topshirishning oxirgi kunida UTC (Umumjahon kelishilgan vaqti bilan) soat 23:59 (04:59) gacha toʻldirilishi va topshirilishi kerak. Ariza berishda, iltimos, quyidagi tavsiya etilgan brauzerlardan birini ishlating: Google Chrome, Mozilla Firefox, Apple Safari yoki Internet Explorer 10 yoki undan yuqorilar.