Tavsif
Guy T. Carswell Scholarships AQShning Wake Forest universiteti bakalavr bosqichiga qabul qilingan talabalarni moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash uchun tashkil etilgan dastur hisoblanadi. Dasturda yuqori akademik koʻrsatkichga ega, har tomonlama ilgʻor, qolaversa, ijtimoiy jihatdan faol, koʻplab yutuqlarga erishgan talabalar qatnashishlari mumkin. Har yili dastur uchun 5 nafar eng yaxshi nomzodlar saralab olinadi.
Dastur davomida talabalar bepul oʻqish bilan birga, turarjoy, oziq- ovqat va shaxsiy xarajatlari uchun qoʻshimcha mablagʻ bilan taʼminlanadilar.