Tavsif
Milepost One Program akademik jihatdan faol boʻlgan talabalarga AQShning Warren Wilson kollejida bakalavr bosqichida bepul oʻqish imkoniyatini taqdim etuvchi grant dasturi hisoblanadi. Ushbu dastur har tomonlama bilimli, lekin kollejda oʻqish uchun moliyaviy jihatdan muammosi boʻlgan talabalarni qoʻllab-quvvatlash uchun tashkil etilgan. Dastur davomida talabalar kontrakt toʻlovidan ozod etiladi va ularga kollej yotoqxonasidan yashash uchun joy beriladi.