Talaba va oʻquvchilar uchun ichimlik suvi muammosini yechishga qaratilgan sovrinli insholar tanlovi. Mukofot jamgʻarmasi — $5000!
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
29 Apr, 2025 · Muddat tugagan

Talaba va oʻquvchilar uchun ichimlik suvi muammosini yechishga qaratilgan sovrinli insholar tanlovi. Mukofot jamgʻarmasi — $5000!

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Tanlov Xalqaro suv, sanitariya va gigiyena fondi tomonidan tashkil etilmoqda. Ko’plab odamlarni sanitariya-tesisat sanoatining eng muhim jihatlari haqida xabardor bo’lishiga hissa qo’shadi. Shuningdek, IWSH loyihalarining global ta'siri bilan talabalarni tanishtirish maqsad qilingan. 
Ushbu tanlovda barcha yuqori maktab o’quvchilari, kollej, litsey va universitet talabalari "Why should the government and private sector come together to provide improved access to clean drinking water"  mavzusida yozilgan insholari bilan qatnashishlari mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Tanlovda barcha davlat fuqarolari ishtirok eta oladi;
  • Yuqori sinf oʻquvchisi, kollej/litsey/universitetning bakalavr talabalari qatnashishlari mumkin;
  • Ariza topshiruvchilar oʻqishga kirganligi/oʻqiyotganligi haqida hujjat va baholari koʻrsatilgan maʼlumotnoma taqdim etishi kerak.

Inshoga qoʻyiladigan talablar quyidagicha:

  • Har bir insho shaxsiy maʼlumotlarni ham oʻz ichiga olishi kerak;
  • Insholar yuqorida qayd etilgan mavzu boʻyicha yozilishi va asl insho boʻlishi kerak. (Stipendiya qoʻmitasi inshoni AI detektori orqali oʻtkazishi va/yoki plagiat skaneri oʻtkaziladi);
  • Har bir talaba bitta insho topshirishi kerak;
  • Insholar 800 soʻzdan kam boʻlmasligi va 1600 soʻzdan oshmasligi kerak. Inshoning mavzusi, izohlar, havolalar yoki iqtiboslar soʻzlar soniga qoʻshilmaydi;
  • Yozuvlar ikki intervalda, 12 shrift, iborat Arial yoki Times New Romanda yozilishi kerak;
  • Insholar Microsoft Word (.doc yoki .docx) formatida topshirilishi kerak. Boshqa har qanday mavzuda taqdim etilgan insholar formati hisobga olinmaydi.

Dastur talablari haqida batafsil maʼlumotni ushbu havola orqali olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

1- O’rin

  • $2000 mukofot;
  • IWSH rasmiy saytida inshosi e’lon qilinadi;
  • Bir yil davomida IAMPO a’zosi bo’ladi.

2 – O’rin (3 nafar) 
     • $1000 mukofot;

  • IWSH rasmiy saytida inshosi e’lon qilinadi.

Topshirish jarayoni

Insholar 2025-yil 30-aprelgacha ushbu havola orqali yuklanishi kerak.
Insholar The Sandra Imprescia stipendiya qo’mitasi tomonidan ko’rib chiqiladi. G’oliblar IWSH vasiylik kengashi tomonidan 2025-yil kuziga qadar aniqlanadi va e’lon qilinadi.

Qo'shimcha ma'lumot

Insholar ingliz tilida yozilishi kerak.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

AQSh Talaba va oʻquvchilar uchun ichimlik suvi muammosini yechishga qaratilgan sovrinli insholar tanlovi. Mukofot jamgʻarmasi — $5000!
29 Apr, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.