AQShning Yale universiteti tomonidan pyesa yozishga qiziquvchi barcha uchun pyesalar tanlovi. Mukofot miqdori —  $10,000!
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
14 Avg, 2025 · Muddat tugagan

AQShning Yale universiteti tomonidan pyesa yozishga qiziquvchi barcha uchun pyesalar tanlovi. Mukofot miqdori — $10,000!

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

AQShning Yale Universiteti nashriyoti hisoblanmish Yale University Press tomonidan har yili Yale Drama Series tanlovi oʻtkaziladi. Ushbu dramaturgiya tanloviga istalgan mavzudagi professional mutaxassis tomonidan yozilmagan, tarjima qilinmagan va avval chop etilmagan asarlar qabul qilinadi. Dasturni tashkil etishdan maqsad yosh dramaturglarni qoʻllab-quvvatlash va iqtidorlarni kashf etish hisoblanadi. Tanlov gʻolibiga 10,000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotiga ega David Charles Horn mukofoti beriladi.

Tanlov materiallarini qabul qilish jarayoni 2025-yil 1-iyundan 15-avgustgacha davom etadi.

Dastur talablari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Tanlovda qatnashish uchun quyidagi talablar mavjud:

  • Dasturda barcha davlat fuqarolari ishtirok etishlari mumkin;
  • Tanlov materiallari ingliz tilida topshirilishi kerak;
  • Dasturga topshirilgan pyesalar haqiqiy, avval boshqa joyda chop etilmagan, kamida 65 betdan iborat boʻlishi kerak. 65 betdan kam boʻlgan pyesalar qabul qilinmaydi;
  • Boshqa pyesalar tarjimasi, musiqiy asarlar, bolalar oʻyinlari qabul qilinmaydi;
  • Loyihaga pyesalarni yilda bir marta topshirish mumkin. Shuningdek, hammualliflikda yozilgan pyesalar qabul qilinmaydi, yaʼni bir kishi tomonidan yozilgan boʻlishi lozim;
  • Tanlov materiallari kompyuterda yozilgan, sahifalari raqamlangan holda elektron nusxada topshirilishi kerak.

Dastur talablari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Talovda qatnashish bepul;
    Tanlov gʻolibiga 10,000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotiga ega David Charles Horn mukofoti beriladi;
  •  Shuningdek, gʻolibning pyesasi Yale University Press tomonidan chop etiladi.

Topshirish jarayoni

Tanlovga materiallarni elektron hamda qogʻoz shaklida topshirish mumkin. Lekin elektron shaklda topshirish maslahat beriladi. Elektron materiallarni qabul qilish 2025-yil 1-iyundan 15-avgustgacha davom etadi. Dastur materiallarini topshirish jarayonida quyidagilarga eʼtibor qaratish lozim:

  • Joʻnatilgan pyesalarga muallif ismi va shaxsiy maʼlumotlari yozilmagan boʻlishi kerak;
  • Pyesaning birinchi sahifasida asarning nomi, 2-3 gapdan iborat pyesaning qisqacha taʼrifi, asar qahramonlari, harakatlar va sahnalar roʻyxati berilishi lozim;
  • Pyesa, muallif ismi, shaxsiy maʼlumotlari (manzil, telefon raqam, e-mail) va qisqacha biografiyasi elektron ariza shaklida yozilishi zarur.

Tanlov materiallarini ushbu havola orqali joʻnatish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

AQSh AQShning Yale universiteti tomonidan pyesa yozishga qiziquvchi barcha uchun pyesalar tanlovi. Mukofot miqdori — $10,000!
14 Avg, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.