Tavsif
The Science of Well-Being deb nomlangan psixologik kurs Yale universiteti tomonidan Coursera platformasida David F.Svensenning moliyaviy hamkorligida tashkillashtirilgan.
Kurs 3 haftaga moʻljallangan va nomzodlar yil davomida istalgan vaqtda roʻyxatdan oʻtishlari va ishtirok etishlari mumkin. Mashgʻulotlar ushbu universitetning eng malakali professorlaridan biri Laurie Santos tomonidan olib boriladi va dastur davomida maxsus topshiriqlar beriladi.
Kurs hayotda quvonch va baxtga erishish yoʻlidagi toʻsiqlarni yengib oʻtish va muvaffaqiyatli hayot tarzini yoʻlga qoʻyish sirlarini oʻrgatadi.
The Science of Well-Being deb nomlangan kursda ishtirok etish mutlaqo bepul. Shunga qaramasdan, $49 toʻlov qilingan taqdirda qoʻshimcha imtiyozlar beriladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.