Tavsif
AQSh davlatining Yale universiteti tomonidan tashkillashtirilgan World Fellows Program dasturi professional rivojlanishga moʻljallangan.
Dasturda 5 yildan 25 yilgacha ish tajribasiga ega nomzodlar qatnashishlari mumkin. Nomzodlardan ingliz tilini dasturda bemalol oʻqiy oladigan darajada bilish talab qilinadi. Qatnashish uchun maʼlum bir yosh chegarasi belgilanmagan.
Ishtirokchilar dasturda toʻliq qatnashishlari kerak va u ular butun kun davomida mashgʻulotlar bilan band qilinadi. Dastur davomida seminarlar, maxsus sessiyalar, kun davomida universitet darslari, prezentatsiyalar, taniqli notiqlar bilan ovqatlanishlar, talabalar bilan uchrashuvlar hamda kechki dasturlar tashkillashtiriladi. Shuningdek, ishtirokchilar tashkillashtirilgan sayohatlarda ham qatnashishlari mumkin.
Oʻqish, turar-joy hamda boshqa shu kabi xarajatlar dastur maʼmuriyati tomonidan toʻliq qoplab beriladi.
Oʻqish Yale universitetida boʻlib oʻtadi. Bu dastur magistratura yoki doktorantura bosqichida oʻqish emas, balki professional rivojlanish dasturidir. Shuning uchun ham ishtirokchilarga akademik diplom yoki sertifikat taqdim etilmaydi. Dasturga qabul jarayoni 2025-yil 3-dekabrga qadar davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.