AQShning Yale universitetidan 2 haftalik yozgi maktabda 100% bepul qatnashish imkonini beruvchi Yale Young Global Scholarship dasturi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
06 Yan, 2026 · Muddat tugagan

AQShning Yale universitetidan 2 haftalik yozgi maktabda 100% bepul qatnashish imkonini beruvchi Yale Young Global Scholarship dasturi

Bakalavr +1 Yozgi maktab Qisman moliyalash

Tavsif

Yale Young Global Scholars (YYGS) — butun dunyo boʻylab ilm-fanga qiziquvchi oʻsmirlarni bir joyda toʻplovchi ikki haftalik akademik yozgi maktab boʻlib, AQSHning mashhur Yale universiteti tomonidan tashkil etilmoqda.

Shu vaqtga qadar 150 dan ortiq mamlakatdan va AQShning 50 shtatidan 2000 dan ortiq talabalar dasturda ishtirok etib, ularga 3 million dollardan ortiq moliyaviy yordam koʻrsatildi. 2024-yilda moliyaviy yordam soʻrab murojaat qilgan barcha qabul qilingan talabalar soʻrovlarining 99 foizi toʻliq qondirilgan.

Qatnashish istagida boʻlgan nomzodlar maktab yoki litseyning oxirgi bosiqchida oʻqiyotgan boʻlishi hamda 16-18 yosh oraligʻida boʻlishi lozim. Nomzodlar quyidagi 4 yoʻnalishdan biri boʻyicha yozgi maktabda oʻqishlari mumkin:

Fan va texnologiyadagi yangiliklar

Adabiyot, falsafa va madaniyat

Siyosat, huquq va iqtisod

Global muammolarni hal qilish

  • Dasturga erta qabul uchun оxirgi muddat: 2025-yil 15-оktyabr;
  • Dоimiy qabul uchun оxirgi muddat: 2026-yil 7-yanvar.

Grant asosida, 100% imtiyoz bilan qatnashish istagida boʻlgan nomzodlar uchun qoʻyilgan talab bilan bu yerda tanishish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Istalgan davlating fuqarolari ariza berishi mumkin;
  • Nomzod 2026-yilning 19-iyuliga qadar 16-18 yosh oraligʻida boʻlishi kerak;
  • Toʻliq ingliz tilida olib boriladigan oʻquv dasturida erkin qatnasha olishi kerak;
  • Yuqori sinfda (oxirgi yoki oxirgidan oldingi sinfda) oʻqiyotgan boʻlishi lozim.
  • Yuqori maktab yoki shunga teng boʻlgan oʻqishni 2027 yoki 2028-yilning may-iyun oylarida tugatishi zarur;
  • Dasturga birinchi marta qatnashayotgan boʻlishi lozim (2025-yoki undan oldingi yilda arizasi muvaffaqiyatli qabul qilinib, dasturda qatnashganlar arizasi koʻrib chiqilmaydi);

Dasturga qoʻyilgan talablar bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Moliyaviy yordam asosida qabul qilingan nomzodlarning o‘quv mashg‘ulotlari xarajati ($7,000) 100% qoplab beriladi;
  • Safar xarajatlari ham qoplanishi mumkin.

Muhim: 

  • 2 haftalik jonli darsda qatnashish narxi - $7,000. 

Topshirish jarayoni

Nomzodlar quyidagi tartibda hujjat topshirishlari lozim:

  1. Online arizani toʻldirish (Ariza badali: erta qabul uchun $80; dоimiy qabul uchun $95; Agar arizachi ariza tоʼlоvini tоʼlay оlmasa, ariza toʻlovidan оzоd qilishni sоʼrashi mumkin)
  2. Mashgʻulotlar roʻyxati.
  3. 400 soʻzdan ibora insho (insho namunasi bu yerda) va 200 soʻzlik javob xati.
  4. Ikkita “tezkor” javob (Har biri 280 belgidan iborat)
  5. Maktab attestati (rasman tasdiqlangan)
  6. 2 ta tavsiya beruvchi shaxs (YYGS uchun tavsiyanomani nomzoddan mustaqil holda arizada taqdim etishlari kerak)
  7. Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi TOEFL yoki DuoLingo testi natijalari (ixtiyoriy).
  8. Moliyaviy yordam soʻrash (ixtiyoriy; buning uchun ariza berishda moliyaviy yordam boʻlimini toʻldirish lozim).

Eslatma:

  • Dasturga hujjatlarni berishdan oldin, ariza topshirish bilan bogʻliq jarayonlar hamda shartlar bilan batafsil bu yerda tanishib chiqish lozim.
  • Toʻliq toʻldirilgan onlayn arizalargina koʻrib chiqiladi;
  • Ariza badali nomzod dasturga qabul qilinishi-qilinmasligidan qatʼi nazar, qaytarib berilmaydi.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Dasturga erta qabul bоʼyicha qabul qilinganlik, shuningdek, moliyaviy yordam boʻyicha bildirishnoma 2025-yil 17-dekabrgacha eʼlon qilinadi;
  • Dоimiy qabul bоʼyicha qabul qilinganlik, shuningdek, moliyaviy yordam boʻyicha bildirishnoma 2026-yil 15-martgacha eʼlon qilinadi;

Dastur bilan bogʻliq muddatlar bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.

Qoʻshimcha maʼlumot va savollar uchun:

  • Elektron pochta: global.scholars@yale.edu
  • Tezkor savol-javoblar boʻlimi.
  • Ushbu sahifada keltirilgan onlayn arizani toʻldirish orqali

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Yozgi maktab

  • Moliyalashtirish

    Qisman moliyalash

  • Daraja

    Bakalavr, Magistratura

  • Soha

    Muhandislik va texnologiya, Gumanitar fanlar, Huquqshunoslik va qonunchilik, Ijtimoiy fanlar

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 16, Max: 18

  • Jins

    Erkak, Ayol

AQSh AQShning Yale universitetidan 2 haftalik yozgi maktabda 100% bepul qatnashish imkonini beruvchi Yale Young Global Scholarship dasturi
06 Yan, 2026
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.