Tavsif
Maurice R. Greenberg World Fellows dasturi Yale universitetining Jekson Global masalalar institutiga tegishli to'rt oylik amaliyot dasturi hisoblanadi. Dastur har yili avgust oyining o'rtalaridan dekabr oyining o'rtalariga qadar davom etadi.
Dastur davomida ishtirokchilar o'z dunyoqarashini kengaytirish, o'zaro firk va tajriba almashish, shaxsiy va professional o'sish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Shu bilan birga, World Fellows dasturga qabul qilinganlar bepul turar joy va tibbiy sug'urta bilan ta'minlanadi, safar xarajatlari to'liq moliyalashtiriladi.
Dastur non-academic bo'lib, bunda hozir to'liq o'qiyotgan talabalar va olimlar qatnasha olmaydilar. Ushbu dastur dipmosiz bo'lib, hech qanday akademik daraja bilan ta'minlamaydi.
Dasturda avval qatnashganlar haqida batafsil ushbu havola orqali ma'lumot olish mumkin.