AQShning Yuta universiteti bilan hamkorlik asosida grant bilan oʻqish imkoniyati
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
13 Mar, 2026 · Muddat tugagan

AQShning Yuta universiteti bilan hamkorlik asosida grant bilan oʻqish imkoniyati

To‘liq taʼlim Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Raqamli texnologiyalar vazirligi va AQShning nufuzli Yuta universiteti oʻrtasida raqamli taʼlim va ilmiy tadqiqotlar boʻyicha hamkorlik memorandumi imzolandi. Shuning uchun AQShning Yuta universiteti bilan hamkorlik asosida oʻqish uchun grant taqdim etiladi.

Hamkorlik doirasida quyidagi dasturlar taqdim etiladi:

  • IT, sunʼiy intellekt, data science va game development yoʻnalishlarida qoʻshma taʼlim dasturlari;
  • Ilmiy tadqiqotlar;
  • Talabalar almashinuvi;
  • Oʻyin yaratish va interaktiv media yoʻnalishlarida yoshlar uchun maxsus dasturlar.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Oʻyinlar yaratish, 2D/3D grafika, animatsiya yoki Unity va Unreal Engine bilan ishlash koʻnikmalarini rivojlantirmoqchi boʻlgan yoshlar qatnashishi mumkin;
  • Animatsiya, rassomlik va kompyuter grafikasi yoʻnalishidagi ijodiy ishlar taqdim etish kerak.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Eng iqtidorli yoshlarni bepul oʻqitib yuqori maoshli ish bilan taʼminlashga yordam beriladi.

Topshirish jarayoni

Dasturga qiziqqanlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Hujjat topshirishda quyidagilar soʻraladi:

  • Shaxsiy maʼlumotlar;
  • Aloqa maʼlumotlari;
  • Yashash manzili;
  • Animatsiya, rassomlik va kompyuter grafikasi yoʻnalishidagi ijodiy ishlarga havola.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili, O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

AQSh AQShning Yuta universiteti bilan hamkorlik asosida grant bilan oʻqish imkoniyati
13 Mar, 2026
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.