Tavsif
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi “Assalom, Navroʻz – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” shiori ostida tanlov eʼlon qiladi.
Tanlov:
- “Eng yaxshi ijtimoiy rolik”;
- “Eng yaxshi sheʼr ijrosi” (video material shaklida);
- “Eng yaxshi fotosuratlar”
nominatsiyalarida oʻtkaziladi.
Tanlovga taqdim etilgan har bir material hayʼat aʼzolari tomonidan besh ballik tizim boʻyicha mavzuning dolzarbligi, Navroʻz umumxalq bayramining ijtimoiy ahamiyati, mamlakatimizda “Assalom, Navroʻz – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!”, degan bosh gʻoya asosida millatlararo doʻstlik va totuvlik muhitini mustahkamlash, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida xalqimiz hayotida yuz berayotgan ijobiy oʻzgarishlar ochib berilganiga koʻra baholanadi.