Kanadaning Monreal shahrida boʻlib oʻtadigan One Young World sammitda ishtirok etish uchun Audi stipendiyasi. Barcha xarajatlar toʻliq moliyalashtiriladi
Kanada Kanada
16 Mar, 2024 · Muddat tugagan

Kanadaning Monreal shahrida boʻlib oʻtadigan One Young World sammitda ishtirok etish uchun Audi stipendiyasi. Barcha xarajatlar toʻliq moliyalashtiriladi

Konferensiya To'liq moliyalash

Tavsif

Audi Environmental Foundation jamgʻarmasi kelajak uchun yangi texnologiyalar va ilmiy usullar boʻyicha tadqiqotlar olib borayotgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash uchun tashkil etilgan. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad atrof-muhitni muhofaza qilishga hissa qoʻshish va barqaror rivojlanish usullarini yaratish va targʻib qilishdir.

Resurslarning kamligi, atrof-muhitning buzilishi, iqlim oʻzgarishi va aholi sonining koʻpayishi — bu jamiyat, siyosat va biznesga taʼsir koʻrsatadigan bir nechta jihatlar. Ijtimoiy qadriyatlarning oʻzgarishi bilan tobora odamlar uchun barqarorlik ularning hayotga boʻlgan qarashlarining bir qismiga aylanib bormoqda. Barcha muammolar tobora murakkablashib bormoqda. Faqatgina hamkorlar bilan ishlash orqali ushbu qiyinchiliklarni muvaffaqiyatli yengish uchun yangicha yechimlarni ishlab chiqish maqsadida ushbu jamgʻarma dunyo boʻylab kuchli liderlarni bir joyga toʻplashni maqsad qilgan. Shu sababli ularni One Young World sammitida ishtirokini qoʻllab-quvvatlaydi.

Dasturga qabul qilingan 15 nafar nomzod Monrealda boʻlib oʻtadigan One Young World sammitida ishtirok etish bilan birga, u yerda biznesdagi tengdoshlari bilan uchrashadi va fikr almashish imkoniyatiga ega boʻladilar. Barcha xarajatlar jamgʻarma tomonidan toʻliq moliyalashtiriladi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Dasturda 18-30 yosh orasida boʻlgan istalgan davlat fuqarosi ishtirok eta oladi;
  • Nomzod ingliz tilida erkin muloqot qila olishi zarur;
  • Sohaga doir oʻzgarishlarni amalga oshirishda ijobiy natijalarga erishib kelayotgan faol lider boʻlishi kerak;
  • Mahalliy yoki global muammolarga befarq boʻlmasligi, qolaversa, ekologik muammolarni hal qilishda innovatsin yechimlar koʻrsata olishi lozim;

Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Monrealda boʻlib oʻtadigan One Young World Summit-2024da bepul ishtirok etadi;
  • Sammit kunlari (2024-yilning 18-21-sentyabr kunlari) Monrealda istiqomat qilish uchun turar-joy bilan taʼminlanadi;
  • Audi AG va Audi Environmental Foundation tomonidan 17-sentyabr kuni boʻlib oʻtgan tadbir oldi jarayonda ishtirok etadi;
  • Borib-kelish xarajatlari qoplanadi;
  • Ishtirokchilarga bepul nonushta, tushlik, kechki ovqat beriladi;
  • Sammit oʻtkaziladigan joylarga borish uchun transport bilan taʼminlanadi.

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtishlari va kerakli maʼlumotlarni toʻldirishlari lozim.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Konferensiya

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 30

  • Jins

    Erkak, Ayol

Kanada Kanadaning Monreal shahrida boʻlib oʻtadigan One Young World sammitda ishtirok etish uchun Audi stipendiyasi. Barcha xarajatlar toʻliq moliyalashtiriladi
16 Mar, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.