Tavsif
Iqtidorli talabalar uchun barqaror aviatsiya muhandisligi va suyuqliklar mexanikasi boʻyicha grant — TFMASA (Aeronautical Sustainable Applications) taqdim etiladi.
Dastur aviatsiya sohasida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini integratsiya qilish va ularning atrof-muhitga taʼsirni oʻrganish kabi innovatsion xususiyatga ega. U Erasmus+ dasturining maqsadlariga, xususan “Atrof-muhit va iqlim oʻzgarishi” ustuvor yoʻnalishiga mos keladi.
TFMASA bu uchta universitet tomonidan taklif etiladigan qoʻshma xalqaro magistratura dasturi boʻlib, ular quyidagilar:
- Université de Bordeaux (Fransiya);
- BTU Brandenburgische Technische Universität Cottbus (Germaniya);
- Louvain (EPL, Belgiya).
Dastur aviatsiya va kosmik sohalar uchun barqaror yechimlarni taklif qila oladigan, gender muvozanati yaxshiroq taʼminlangan, yuqori malakali muhandislar va tadqiqotchilarning yangi avlodini tayyorlashni maqsad qilgan.
Talabalarga quyidagi sohasi boʻyicha bilim beriladi:
- Fluid Mechanics;
- Materials Science;
- Aerospace Structures;
- Energy and Propulsion Systems;
- Multicultural Engineering Management;
- Industrial & Academic Mobility.
2026-2028 oʻquv yili uchun beriladigan grant tanlov asosida (yozma va ogʻzaki baholashlarda) eng yuqori ball toʻplagan nomzodlarga beriladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.