Tavsif
Research Training Program (RTP) Stipend scholarship (research) dasturi CQUniversity Australia tomonidan xalqaro va mahalliy talabalar uchun tashkillashtirilgan.
Dastur Avstraliya hukumati tomonidan moliyalashtirilib, dastur gʻoliblariga umumiy miqdorda $32,000 pul mablagʻi ajratiladi. Ajratilgan mablagʻ ishtirokchilarning kundalik hamda oʻqish xarajatlari uchun sarflanadi.
Grant 3 yilgacha davom etadi va unda oʻz tadqiqot rejasiga ega, uni davom ettirmoqchi va kelajakda ilmiy izlanish bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan talabalar ishtirok etishlari mumkin. Dastur saralash jarayonida nomzodning akademik koʻrsatkichlari hamda tadqiqot loyihasiga oid maʼlum bir jihatlar inobatga olinadi.
Grantga ariza topshirish jarayoni 2023-yil 29-sentabrgacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.