Tavsif
Avstraliyaning Monash universiteti magistratura va doktorantura bosqichida oʻqimoqchi boʻlgan xalqaro va mahalliy nomzodlar uchun Monash Graduate Scholarshipni eʼlon qiladi.
Grant Monash universiteti talabalarining yashash va oʻqish xarajatlarini qoplab beradi, shuningdek, xalqaro talabalar shu bilan birga kontrakt xarajatlari qoplanadigan grantlarni ham qoʻlga kiritishlari mumkin boʻladi.
Dastur umumiy jamgʻarmasi $35,013 ni tashkil etadi. Dasturda qatnashish uchun nomzodlar yuqori akademik koʻrsatkichlarga ega boʻlishlari kerak. Nomzodlardan til sertifikati ham talab qilinadi.
Dasturga qabul jarayoni 2026-yil 31-iyulgacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.