Avstraliyadagi Macquarie universitetida bakalavriat va magistratura bosqichida o’qish uchun oʻzbekistonlik talabalar uchun maxsus grant
Avstraliya Avstraliya
01 Apr, 2024 · Muddat tugagan

Avstraliyadagi Macquarie universitetida bakalavriat va magistratura bosqichida o’qish uchun oʻzbekistonlik talabalar uchun maxsus grant

Bakalavr +1 To‘liq taʼlim Qisman moliyalash

Tavsif

Avstraliyadagi Macquarie universiteti oʻzbekistonlik bakalavriat va magistratura talabalari uchun 10,000 Avstraliya dollari miqdoridagi grant taqdim etadi.

Grant 2024-2025 oʻquv yilida Macquarie universitetida oʻqimoqchi boʻlgan iqtidorli talabalar uchun amal qiladi va unga hujjat topshirish yil davomida ochiq.

Ushbu grantdan asosiy maqsad iqtidorli xalqaro talabalarni mamlakatga jalb qilish, universitetning taʼlim sohasidagi mavqeyini oshirish va tadqiqotlarni ragʻbatlantirish orqali mamlakatda turli sohalarda oʻzgarishlar qilishdan iborat.

Maʼlumot uchun: Macquarie universiteti 1964-yilda tashkil etilgan boʻlib, universitetning akademik va tadqiqotchilari chuqur bilimga ega va ular bergan bilimlar natijasida universitet bitiruvchilari yaxshi ishlarni egallab jamiyatga foyda keltirishmoqda. Universitetning kampusi mamlakatining eng eʼtirof etilgan kampuslaridan biri hisoblanadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dasturda oʻzbekistonlik bakalavriat va magistratura talabalari qatnashishi mumkin;
  • Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim;
  • Nomzod Macquarie universitetidagi yoʻnalishlardan biriga oʻqishga qabul qilinishi kerak;
  • Grantni yutgan talabalar bir vaqtning oʻzida boshqa stipendiya dasturlarida ishtirok etishi mumkin emas.

Muhim: Yuqoridagilar nomzodlarga qoʻyilgan umumiy talablardir. Shuning uchun yoʻnalishlarga qoʻyilgan ichki talablar bilan ham tanishib chiqish lozim.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Har yili 10,000 Avstraliya dollari miqdorida stipendiya beriladi (har semestr uchun 5,000 Avstraliya dollari);
  • Yillik oʻqish toʻlovlarining taxminan 25 foizi qoplanadi.

Eslatma: Ushbu stipendiya kursning toʻliq muddati uchun amal qiladi.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali universitetning rasmiy veb-saytidan roʻyxatdan oʻtib ariza topshirishlari mumkin.

Muhim: Nomzodning Macquarie universitetiga qabul qilingani toʻgʻrisida xat kelsa, qabul qilishning oxirgi muddatigacha boshlangʻich toʻlov toʻlanishi kerak.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Qisman moliyalash

  • Daraja

    Bakalavr, Magistratura

Avstraliya Avstraliyadagi Macquarie universitetida bakalavriat va magistratura bosqichida o’qish uchun oʻzbekistonlik talabalar uchun maxsus grant
01 Apr, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.