Avstraliyaning birinchi raqamli universiteti bo'lgan Australian National Universityda Xalqaro Munosabatlar yo'nalishida magistratura bosqichida mutlaqo bepul o'qish imkoniyatini beruvchi Hedley Bull Scholarship granti
Avstraliya Avstraliya
10 Noy, 2021 · Muddat tugagan

Avstraliyaning birinchi raqamli universiteti bo'lgan Australian National Universityda Xalqaro Munosabatlar yo'nalishida magistratura bosqichida mutlaqo bepul o'qish imkoniyatini beruvchi Hedley Bull Scholarship granti

Magistratura To‘liq taʼlim Bepul o'qish

Tavsif

Avstraliyaning Australian National University (ANU) College of Asia & the Pacific oliygohining Xalqaro Munosabatlar bo'limi har yili Hedley Bull Scholarship grant dasturi orqali Xalqaro Munosabatlar yo'nalishida magistratura darajasida o'qimoqchi bo'lgan 4 nafar talabalarga universitetda bepul o'qish imkoniyatini taqdim etadi. Grant dasturi talabaning 2 yillik o'qish pulini to'liq qoplaydi.

Tanlov talabalarning yuqori akademik potensial va yutuqlariga asosan amalga oshiriladi. Talabalar grantni yutishi uchun universitet talablariga mos kelishi lozim.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Nomzod ANU oliygohida Xalqaro Munosabatlar yo'nalishining magistratura darajasida o'qish talablariga mos kelishi;
  • Nomzod bakalavr diplomida kamida GPA 6.0/7.0 ga ega bo'lishi;
  • Universitetda o'qish uchun ingliz tilini bilish talablariga mos bo'lishi kerak (IELTS min 6.5);
  • Stipendiya boshlanadigan yili 1-semestrdan, ya'ni 2022-yil sentyabrdan o'qishni boshlashi.

Maqbullik shartlari va yo'nalish haqida aniq tasavvurga ega bo'lish uchun Master of International Relations (MIR) haqida batafsil o'qib chiqish tavsiya etiladi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Universitetda 24 oy mobaynida o'qish puli to'liq qoplanadi.

Universitet imtiyozlari, uni to'xtatib qo'yish holatlari va talabalarga qo'yilgan majburiyatlar haqida ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Topshirish jarayoni

  1. Universitetda magistratura darajasida o'qish uchun online ariza to'ldiriladi. Quyidagi barcha hujjatlar ingliz tilida taqdim etilishi lozim:
  • Bakalavr diplomining rangli nusxasi;
  • Bakalavr baholari (transcripts);
  • Motivatsion xat (supporting statement);
  • Tavsiyanomalar;
  • Qo'shimcha covering letter (motivatsion xat) - stipendiyaga da'vogarlik qilish uchun ariza to'ldirish vaqtida taqdim etilishi lozim. Nomzod xatda grant dasturiga qiziqishi va nega aynan unga grant taqdim etilishi kerakligi haqida yozishi kerak.

Tanlov jarayonida, nomzodning qo'shimcha motivatsion xati va magistratura uchun topshirgan hujjatlari birgalikda ko'rib chiqiladi.

Master of International Relations (MIR) yo'nalishi haqida batafsil ma'lumot.

Qo'shimcha ma'lumot

Qo'shimcha savol va murojaatlar uchun: bell.postgrad@anu.edu.au 

Grant uchun tanlov natijalari 2022-yil yanvar oyining boshida e'lon qilinishi rejalashtirilgan.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Bepul o'qish

  • Daraja

    Magistratura

  • Soha

    Ijtimoiy fanlar

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

  • IELTS talabi

    Min: 6.5

Avstraliya Avstraliyaning birinchi raqamli universiteti bo'lgan Australian National Universityda Xalqaro Munosabatlar yo'nalishida magistratura bosqichida mutlaqo bepul o'qish imkoniyatini beruvchi Hedley Bull Scholarship granti
10 Noy, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.