Avstraliyaning Edith Cowan universitetida doktorantura bosqichida oʻqish va tadqiqot olib borish uchun to'liq moliyalashtiriluvchi Edith Cowan University Research Scholarship grant dasturi
Avstraliya Avstraliya
16 Okt, 2021 · Muddat tugagan

Avstraliyaning Edith Cowan universitetida doktorantura bosqichida oʻqish va tadqiqot olib borish uchun to'liq moliyalashtiriluvchi Edith Cowan University Research Scholarship grant dasturi

PhD To‘liq taʼlim Qisman moliyalash

Tavsif

Avstraliyaning Edith Cowan universiteti barcha talabalarga ushbu universitetda doktorantura bosqichida o'qish va ilmiy tadqiqot olib borish uchun Edith Cowan University Research Scholarship dasturini taqdim etadi. Dasturda ilmiy yutuqlarga erishgan va tadqiqot rejasiga ega bo'lgan talabalar qatnashishlari mumkin. Dastur tanlangan kursga qarab 3 yilgacha davom etadi. 

Dastur davomida talabalar universitetda bepul o'qish bilan birga, yillik stipendiya va tibbiy sug'urta va viza xarajatlari uchun qo'shimcha mablag' bilan ta'minlanadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda qatnashish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Nomzodlar ECU universitetining doktorantura bosqichiga qabul qilingan boʻlishi kerak;
  • Soʻnggi ikki yil ichida Avstraliya Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (AusAID) yoki Avstralia Award stipendiyasini qoʻlga kiritmagan boʻlishi shart;
  • Xalqaro talabalar vizasi talablariga javob berishi kerak.

Talablar haqida batafsil ushbu havola orqali bilib olishingiz mumkin

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilingan talabalar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Kontrakt toʻlovini qoplash uchun $34.200 beriladi;
  • Umumiy miqdori $28.420 ga teng boʻlgan yillik stipendiya bilan taʼminlanadi;
  • Viza va tibbiy sugʻurta xarajatlari uchun moliyaviy yordam beriladi;
  • Nomzod agar dasturga qabul qilinish uchun til bilish darajasini aniqlovchi xalqaro imtihon (IELTS/TOEFL/PTE) topshirgan boʻlsa, ushbu imtihon xarajatlari ham qoplab beriladi.

Dasturning manfaatli tomonlari haqida batafsil ushbu havola orqali bilib olishingiz mumkin. (page 16)

Topshirish jarayoni

Nomzodlar ushbu havola orqali onlayn roʻyxatdan oʻtishlari va kerakli maʼlumotlarni toʻldirishlari lozim.

Eslatma! Ariza topshirish uchun 30 daqiqa beriladi. Shu jarayonda tanlangan kurs nomi va kodi yozilishi kerak. Kurs nomlari va kodlari haqida ushbu havola orqali maʼlumot olasiz. Topshirilayotgan hujjatlar hajmi 15 mb dan ortib ketmasligi kerak.

Ariza topshirishda savol yoki muammo paydo boʻlsa, ushbu havola orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Koʻp soʻraladigan savollarga va ularning javoblari haqida ushbu havola orqali bilib olishingiz mumkin.

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun ushbu havolaga kiring.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Qisman moliyalash

  • Daraja

    PhD

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Avstraliya Avstraliyaning Edith Cowan universitetida doktorantura bosqichida oʻqish va tadqiqot olib borish uchun to'liq moliyalashtiriluvchi Edith Cowan University Research Scholarship grant dasturi
16 Okt, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.