Avstraliyaning Melburn universiteti bakalavr darajasida oʻqimoqchi boʻlgan xalqaro talabalar uchun umumiy qiymati $56,500 gacha bo’lgan grant dasturi
Avstraliya Avstraliya
29 Noy, 2021 · Muddat tugagan

Avstraliyaning Melburn universiteti bakalavr darajasida oʻqimoqchi boʻlgan xalqaro talabalar uchun umumiy qiymati $56,500 gacha bo’lgan grant dasturi

Bakalavr To‘liq taʼlim Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Avstraliyening Melburn universiteti har yili bakalavr darajasida o’qimoqchi bo’lgan xalqaro talabalarga qiymati $56,500 gacha bo’lgan Melbourne International Undergraduate Scholarship grantini taqdim etadi. Universitetda istalgan bakalavr kursida o’qish taklifini olgan barcha xalqaro talabalar ushbu grantga nomzod hisoblanadi. 

Stipendiya universitetda o’qish to’lovini qoplash uchun taqdim etiladi. Nomzodlar yuqori akademik salohiyati, o’rta maktabdagi baholari va natijalariga qarab tanlanadi va shunga muvofiq stipendiya miqdorlari belgilanadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Avstraliya va Yangi Zelandiyadan boshqa mamlakat fuqarosi boʻlish va Avstraliyada doimiy yashamaslik;
  • Melburn universitetining bakalavriat kursiga qabul qilingan bo’lish;
  • Maktabdagi yuqori natijalar va a’lo baholarga ega boʻlish.

Ushbu havola oqali Melburn Universiteti bakalavr kurslari, talablari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Tanlov mezonlari:

Nomzodlar akademik mahorati/koʻrsatkichlariga qarab tanlanadi va stipendiya qiymatini aniqlash uchun oʻrta maktabning oxirgi yilida erishgan natijalariga koʻra reytingga kiritiladi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Bakalavr darajasining birinchi yilida oʻqish to’lovi uchun $10,000 yoki
  • Bakalavr darajasining uch yillik o’qish uchun to’lovning 50 foizini toʻlash, yoki
  • Bakalavr darajasida uch yillik oʻqish uchun 100 foizlik toʻlov.

Topshirish jarayoni

  1. Melburn universiteti bakalavr kursiga hujjat topshirish uchun ushbu havola orqali universitet rasmiy saytida ro’yxatdan otishingiz kerak.
  2. Universitet bakalavr kursiga qabul qilingan har bir nomzod avtomatik tarzda ushbu grant dasturiga daʼvogarlik qiladi.

Qo'shimcha ma'lumot

Grant sohiblariga universitet tomonidan bakalavr kursiga qabul qilinganlik xatini olgandan soʻng 4-5 hafta ichida xabar beriladi.

Stipendiya taxminan 100 nafar nomzodga taqdim etiladi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Daraja

    Bakalavr

  • Dastur tili

    Ingliz tili

Avstraliya Avstraliyaning Melburn universiteti bakalavr darajasida oʻqimoqchi boʻlgan xalqaro talabalar uchun umumiy qiymati $56,500 gacha bo’lgan grant dasturi
29 Noy, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.