Tavsif
Avstraliyaning Melburn universiteti tomonidan magistratura yoki doktorantura bosqichlarida oʻqish uchun 600ga yaqin nomzodlarga moʻljallangan Graduate Research Scholarship dasturini tashkil etilgan. Ushbu dastur orqali talabalar barcha sohalarda tahsil olishlari mumkin.
Dastur magistratura bosqichi uchun 2 yil va doktorantura bosqichi uchun esa 4 yil davom etadi. Dasturda Melburn universitetiga qabul qilingan yoki universitetga kirish talablariga javob beruvchi barcha nomzodlar ishtirok etishi mumkin. Har yili taxminan 600 kishi grantni qo'lga kiritadi.
Graduate Research Scholarshipga qabul qilingan talabalarning oʻqish kontrakt puli qoplananadi va yashash xarajatlari uchun alohida mablagʻ ajratiladi.