Tavsif
Avstraliya hukumati tomonidan tashkillashtirilgan Australian Government the Research Training Program (RTP) Scholarship dasturi bakalavr darajasini yakunlagan va tadqiqot qilishni maqsad qilgan xalqaro talabalar uchun moʻljallangan boʻlib, grant moliyaviy fondi $143,881 ni tashkil etadi. Har bir talaba uchun $41,753 miqdorda grant ajratilib, u talabalarning kontrakt puli, yashash va boshqa xarajatlarni oʻz ichiga oladi. Saralash jarayonida nomzodlarning akademik koʻrsatkichlari, tadqiqot boʻyicha tajribasi hamda nashr etilgan ishlari inobatga olinadi. Shuningdek, nomzod Sidney universitetining magistratura (master’s by research) yoki doktorantura bosqichiga qabul qilingan/ushbu universitetdan qabul xatini olgan boʻlishi lozim.
2026-yilda boshlanadigan dasturga qabul jarayoni 2025-yil 10-oktyabrgacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.