Avstraliyaning University of New England oliygohi tomonidan magistratura yoki doktorantura bosqichida oʻqish uchun Australian Government Research Training Program (RTP) International Stipend Scholarship dasturi
Avstraliya Avstraliya
30 Mar, 2022 · Muddat tugagan

Avstraliyaning University of New England oliygohi tomonidan magistratura yoki doktorantura bosqichida oʻqish uchun Australian Government Research Training Program (RTP) International Stipend Scholarship dasturi

Magistratura +1 To‘liq taʼlim Stipendiya

Tavsif

Avstraliyaning University of New England oliygohi tomonidan tashkil etilgan Australian Government Research Training Program (RTP) xalqaro stipendiya dasturi dunyo boʻylab turli davlatning iqtidorli talabalari uchun Avstraliya oliygohlarida magistratura va doktorantura bosqichini davom ettirish imkoniyatini taqdim etadi.

Dastur maqsadi chet ellik kuchli bilim va salohiyatga ega talabalarni Avstraliyada oʻqishlarini qoʻllab-quvvatlash, ularga moddiy jihatdan yordam berishdan iborat. Dasturga yilda 2 marta ariza topshirish imkoniyati mavjud:

  • 1-mavsum — 15-fevraldan 31-martgacha;
  • 2-mavsum — 15-avgustdan 30-sentyabrgacha.

Dastur magistratura talabalari uchun 2 yil, doktorantura talabalari uchun 3 yil davom etadi. Ushbu vaqt davomida talabalar yashash va oʻqish xarajatlari uchun yillik soliqsiz stipendiya bilan taʼminlanadilar.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Nomzod Avstraliyaning akkreditatsiyadan oʻtgan oliygohlaridan biriga magistratura yoki doktorantura bosqichida oʻqish uchun qabul qilingan boʻlishi kerak;
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi zarur. Kamida IELTS 6.5 daraja talab etiladi;
  • Yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi kerak.
  • Dastur vaqtida nomzod boshqa daromad manbasiga ega boʻlmasligi, jumladan, ishlamasligi yoki boshqa dasturdan mukofot yoxud stipendiya olmasligi zarur;
  • Talabalar dastur davomida toʻliq vaqtda (full-time) Avstraliyada oʻqiyotgan boʻlishi kerak. Masofaviy taʼlimdagilar ushbu dasturda ishtirok eta olmaydi;

Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:

  • Ishtirokchilarga universitet tadqiqot yo'nalishlari (research higher degree)da oʻqish va yashash xarajatlari uchun soliqlarsiz yillik 28,854 AU$ (~$20,223) stipendiya ajratiladi. (magistratura talabalari uchun 2 yil, doktorantura talabalari uchun 3 yil).

Dastur imkoniyatlari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etish uchun avval ushbu havoladagi maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqish lozim. Shundan soʻng ariza shaklini toʻldirish va kerakli hujjatlarni taqdim etish lozim.

Kerakli hujjatlar:

  • Pasport nusxasi;
  • Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat. Kamida IELTS 6.5 (har bir boʻlim kamida 6.0) talab etiladi;
  • Universitet diplomi va baholari;
  • Avstraliya oliygohidagi tadqiqot rahbari roziligi haqida bayonotnoma. Bayonotnoma 500 soʻzdan oshmasligi va unda tadqiqotning asosiy belgilari tasvirlangan boʻlishi kerak. Bayonotnoma hdrdocuments@une.edu.au elektron manzilga joʻnatilishi yoki ariza topshirish shakliga yuklanishi mumkin;
  • Tadqiqot rejasi (4 sahifadan oshmagan boʻlishi kerak);
  • 2 ta tavsiyanoma. Avvalgi universitet professorlari yoki nomzod akademik koʻrsatkichidan xabardor boʻlgan shaxs tomonidan ariza topshirish davomida tavsiyanoma shaklini toʻldirish soʻraladi;
  • Boshqa muhim deb hisoblangan hujjatlar, jumladan, CV, Portfolio va boshqalar.

Barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi shart. Ariza topshirish haqida batafsil ariza shaklini oʻzidan va ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Dastur haqida batafsil rasmiy havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Ariza topshirish shakli haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumotlar bilan tanishish mumkin.

Qoʻshimcha maʼlumotlar ushbu havola orqali olinishi mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Stipendiya

  • Daraja

    Magistratura, PhD

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

  • IELTS talabi

    Min: 6.5

Avstraliya Avstraliyaning University of New England oliygohi tomonidan magistratura yoki doktorantura bosqichida oʻqish uchun Australian Government Research Training Program (RTP) International Stipend Scholarship dasturi
30 Mar, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.