Tavsif
Avstriyaning IST tadqiqot instituti tabiiy fanlar, kompyuter fanlari, matematika va shunga tegishli boʻlgan boshqa yoʻnalishlar boʻyicha bakalavr va magistratura bosqichini tugatgan yoki davom ettirayotgan talabalar uchun ilmiy amaliyot dasturini eʼlon qiladi. Dastur tadqiqot va kasbiy rivojlanish uchun qulay muhitni yaratish bilan birga yosh olimlarni keyingi bosqichlarga tayyorlash uchun ish faoliyatlarini oshiradigan xizmatlarni taklif qiladi. Amaliyot dasturi 1 yil muddatgacha tayinlanadi va dastur davomida ishtirokchilarga shartnoma asosida €1,462 miqdorda oylik haq toʻlanadi.
Dasturga yilning istalgan vaqtida ariza topshirish mumkin! Faqatgina amaliyot oʻtash mumkin boʻlgan muddat ariza topshirilgan vaqtdan 2 oy keyin boʻlishi shart.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.