Avstriyada geotexnika va gidrotexnika muhandisligi yoʻnalishlarida magistratura bosqichini davom ettirishni istaganlar uchun ATCOLD va OGG scholarship dasturlari.
Germaniya Germaniya
02 Mar, 2025 · Muddat tugagan

Avstriyada geotexnika va gidrotexnika muhandisligi yoʻnalishlarida magistratura bosqichini davom ettirishni istaganlar uchun ATCOLD va OGG scholarship dasturlari.

Magistratura To‘liq taʼlim Qisman moliyalash

Tavsif

Avstriyaning nufuzli universitetlaridan biri Graz University of Technology tomonidan geotexnika va gidrotexnika muhandisligi yoʻnalishiga qiziqadigan va shu yoʻnalishda magistratura bosqichini davom ettirishni istaydigan iqtidorli yoshlar uchun har bir semestr €4,000 (jami 16,000 yevro) miqdorida stipendiya beradigan ATCOLD va OGG Scholarship dasturlari e'lon qilinadi.

Dasturining maqsadi suv resurslarini toʻgʻri boshqarish va ularni saqlab qolish uchun yangi usullar va yechimlar oʻylab topuvchi yoshlarga shu yoʻnalishda tahsil olishlariga yordam berish va ularni ragʻbatlantirish.

Dastur davomida talabalar hozirda olib borilayotgan tadqiqotlar, mashinani oʻrganish (machine learning) va maʼlumotga asoslanib oʻrganish (data-based learning), xavfli holatlarni hisobga olib qilingan dizaynlar (risk-based design) kabi muhandislik sohasidagi eng dolzarb mavzularni oʻrganishadi. Ushbu Grant dasturi Yevropada yagona hisoblanadi va 2 ta eng yaxshi talabaga beriladi.

Stipendiya dasturiga ariza topshirish uchun nomzodlar dastlab TU Graz universitetiga qabul qilingan boʻlishlar soʻraladi, dastur davomida gʻoliblar malakali professorlardan individual maslahatlar olishlari mumkin.

Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin. 

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • ATCOLD va OGG stipendiya dasturlariga Osiyo, Afrika, Janubiy Amerikadan geotexnika va gidrotexnika muhandisligi boʻyicha magistraturada o'qish istagida bo'lgan iqtidorli talabalar qabul qilinadi;
  • Grantga ariza topshirish uchun nomzodlar TU Graz (Graz University of Technology) universitetiga qabul qilingan boʻlishlari kerak. 

Batafsil ma'lumotni rasmiy saytdagi yuqoridagi grantlar qayd etilgan sahifalardan topish mumkin.

Eslatma: Grant dasturiga topshirishdan oldin kerakli yo'nalish bo'yicha universitetga ariza berishga ulgurish kerak (Yozgi semesterdan o'qishni boshlash uchun oxirgi muddat: 15-mart, 2025-yil. Xalqaro talabalar bo'limiga qaralsin!)

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Talabalarga har bir semestr €4,000 (jami 16,000 yevro) miqdorida stipendiya ajratiladi;
  • Shuningdek, TU Graz universitetining professorlaridan individual maslahatlar olish imkoniyati beriladi.

Topshirish jarayoni

ATCOLD scholarship dasturi uchun:

Soʻralgan hujjatlarni 2025-yil 3-martga qadar tugraz100@tugraz.at email manziliga ATCOLD Scholarship nomi bilan yuborishlari kerak;

Quyidagi hujjatlar soʻraladi;

  • motivatsion xat;
  • CV;
  • oldin tahsil olgan maktabi, universitetlar yoki dasturlardagi akademik yutuqlarining isboti;
  • ustozlaridan 2 ta maʼlumotnoma;
  • pasport nusxasi.

Stipendiyani berishda nomzodlarning nafaqat akademik yutuqlari, balki, keng fikrlashi, kreativligi, mustaqilligi kabi shaxsiy koʻnikmalariga ham alohida eʼtibor beriladi.

OGG scholarship dasturi uchun:

Soʻralgan hujjatlarni 2025-yil 3-martga qadar tugraz100@tugraz.at email manziliga OGG Scholarship nomi bilan yuborishlari kerak;

Quyidagi hujjatlar soʻraladi;

  • motivatsion xat;
  • CV;
  • oldin tahsil olgan maktabi, universitetlar yoki dasturlardagi akademik yutuqlarining isboti;
  • ustozlaridan 2 ta maʼlumotnoma;
  • pasport nusxasi.

Stipendiyani berishda nomzodlarning nafaqat akademik yutuqlari, balki, keng fikrlashi, kreativligi, mustaqilligi kabi shaxsiy koʻnikmalariga ham alohida eʼtibor beriladi.

Qo'shimcha ma'lumot

Dastur boʻyicha qoʻshimcha savollar boʻlsa, tugraz100@tugraz.at manziliga ATCOLD Scholarship nomi bilan yozib murojaat qilish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Qisman moliyalash

  • Daraja

    Magistratura

  • Soha

    Muhandislik va texnologiya

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18

  • Jins

    Erkak, Ayol

Germaniya Avstriyada geotexnika va gidrotexnika muhandisligi yoʻnalishlarida magistratura bosqichini davom ettirishni istaganlar uchun ATCOLD va OGG scholarship dasturlari.
02 Mar, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.