Tavsif
Xalqaro amaliy tizimlar tahlili instituti (International Institute for Applied Systems Analysis (IIASA)) tomonidan doktorantura talabalarini tayyorlash, tajriba almashish hamda IIASA tadqiqotlariga tegishli mavzuda ilmiy loyihani amalga oshirish uchun yozgi o‘qish dasturi e’lon qilinadi.
Dastur IIASA ning istiqbolli tizim tahlili; biologik xilma-xillik va tabiiy resurslar; iqtisodiy chegaralar; energiya, iqlim va atrof-muhit; aholi va adolatli jamiyat; strategik tashabbuslari mavzularidan biri doirasi bo‘lib o‘tadi. Dasturga qabul qilingan oyiga €1310 stipendiya bilan ta’minlanadilar.