Tavsif
O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish hamda eksportga yo‘naltirish bo‘yicha startap loyihalar” tanloviga qayta e'lon berilganligini ma'lum qiladi.
Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-avgustdagi “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-357-son qarori 8-bandi hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 133-son qarori 2-ilovasiga muvofiq tashkil etiladi.
Loyihani amalga oshirish bo‘yicha ustuvor sohalar sifatida quyidagilar belgilanadi:
- Raqamli hokimiyat;
- Aqlli tibbiyot;
- Aqlli transport;
- Aqlli ta’lim;
- Aqlli qishloq xo‘jaligi;
- Aqlli energetika tizimi;
- Aqlli mahalla;
Loyiha bo'yicha batafsil ma'lumotni ushbu havoladan olish mumkin.