Tavsif
Ayollarning jamiyatdagi o’rnini mustahkamlash, xususan IT sohasidagi ayol-qizlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida Zonta International jamg'armasi (AQSH) Women In Technology dasturi orqali miqdori $8000 ga teng bo’lgan 20 ta ta’lim stipendiyasini taqdim etmoqda. OTM larda IT sohasida tahsil olayotgan ayol-qizlar millati, yoshidan qat’i nazar hujjat topshirishlari mumkin.