Tavsif
Ayol-qizlar uchun 8 haftalik akademik mentorlik dasturi — Unite Girls Research Fellowship taqdim etiladi.
Ushbu dastur yosh ayol-qizlarni ilmiy tadqiqot asoslari bilan tanishtirish hamda ularga mustaqil ilmiy maqola yozishda yoʻl-yoʻriq koʻrsatish uchun moʻljallangan.
Dastur Pioneer Academics va Lumiere Education kabi dasturlarni tamomlagan mentorlar tomonidan olib boriladi. Ularning barchasi Middlebury College va University of Texas at Austin kabi universitetlar bilan bogʻliq professorlar rahbarligida ilmiy tadqiqot olib borgan.
Dasturning asosiy maqsadlari:
- Yosh ayol-qizlarga tadqiqotning asosiy koʻnikmalarini oʻrgatish;
- Akademik yozuv va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish;
- Mustaqil izlanish olib borishda ishonchni mustahkamlash;
- Dalillarga asoslangan fikrlashni ragʻbatlantirish;
- Ishtirokchilarni kelajakdagi akademik va professional imkoniyatlarga tayyorlash.
Dastur 2026-yilning mart oyining oʻrtasidan may oyining oʻrtasigacha 8 hafta davomida oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Dastur yakunida har bir ishtirokchi original ilmiy maqola yozib tugatadi va oʻz ishini rasmiy taqdimot orqali namoyish etadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.