Ayol-qizlar uchun AQSHda ikki haftalik oʻzini oʻzi himoya qilish (Self-Defence) kurslarini oʻrgatish boʻyicha bepul Sports Visitor Program dasturi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
10 Apr, 2022 · Muddat tugagan

Ayol-qizlar uchun AQSHda ikki haftalik oʻzini oʻzi himoya qilish (Self-Defence) kurslarini oʻrgatish boʻyicha bepul Sports Visitor Program dasturi

Kurslar Bepul ishtirok

Tavsif

AQSHning Toshkentdagi elchixonasi AQSH davlat departamentining Sport diplomatiyasi boʻlimi tomonidan moliyalashtiriladigan “Sports visitor” dasturiga qatnashish uchun arizalar qabul qilinayotganini eʼlon qiladi.

Dasturda Oʻzbekistonning barcha hududlaridan oʻzini himoya qilish boʻyicha (Self-Defence) tajribaga ega ayol instruktorlar qatnasha oladi.

“Sports Visitor” dasturi butun dunyodagi yosh sportchilarga qisqa muddatli madaniy almashinuv uchun Qoʻshma Shtatlarga tashrif buyurish imkoniyatini taqdim etadi. Dastur davomida ishtirokchilar amerikalik tengdoshlari hamda malakali sport instruktorlari bilan tajribalarini oʻrtoqlashishi mumkin.Yetakchilik, jamoa tuzish va ixtiloflarni hal etish, shuningdek, sportda inklyuzivlik va tenglik boʻyicha seminar va sessiyalarda qatnashish imkoniga ega boʻladilar.

“Sport diplomatiyasi” tashabbusi doirasida hamda Oʻzbekiston boʻylab ayollarning oʻzini oʻzi himoya qilish (Self-Defence) kurslarini ochish boʻyicha kelib tushayotgan talablarga javoban AQSHning Toshkentdagi elchixonasi Oʻzbekistonning barcha viloyatlaridan “Sports Visitor” dasturiga qatnashish uchun 14 nafar ayol va qizlarni ochiq tanlov asosida tanlab olishni rejalashtirmoqda.

Saralab olingan ishtirokchilar 2022-yilning iyul-avgust oylarida AQSHga ikki haftalik bepul safar qilish, jismoniy va ruhiy sogʻlomlashtirish sessiyalarida qatnashish hamda Amerika madaniyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatlariga ega boʻladilar.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda qatnashish uchun nomzodlardan quyidagilar talab qilinadi:

  • Ishtirokchi 2022-yilning iyul oyiga qadar 21 yoshga kirgan boʻlishi;
  • Oʻzbekiston fuqarosi boʻlishi, ayni damda Oʻzbekiston viloyatlarida, shu jumladan, Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasida istiqomat qilishi;
  • Oʻzbek, rus yoki ingliz tilini bilishi (Ingliz tilini bilish majburiy talab emas);
  • Jismoniy va ruhiy holati yaxshi boʻlishi;
  • Oʻzaro teng, jinsiy zoʻravonlikdan holi dunyoni qurishda Amerikacha qarashlarni qoʻllab quvvatlashi;
  • Mahalliy professional sport tadbirlarida faol ishtirok etgan boʻlishi;
  • Oʻzini himoya qilish/jangovar sanʼatlar, shu jumladan, boks, kikboksing, karate, resling, sambo, dyuzdo, taekvondo, muay-tay va boshqa sport turlarini oʻrgatishda kamida ikki yillik tajribaga ega boʻlishi;
  • Oʻzini himoya qilish/harbiy sanʼatlar boʻyicha kamida 50 soat amaliy mashgʻulot oʻtagan boʻlishi;
  • Sport klubiga, trenajyor zaliga yoki boshqa mahalliy sport tashkilotiga daxldor boʻlishi yoki uning instruktorlik tarkibiga kirishi;
  • AQSH elchixonasining moliyaviy koʻmagi yordamida yoxud usiz, oʻzi yashab turgan hududida ayol va qizlar uchun oʻzini himoya qilish (Self-defence) kurslarini yaratishga xohshi yoki bu borada real rejaga ega boʻlishi;
  • 2022-yilning iyul-avgust oylarida AQSHga ikki haftaga borib kelish imkoniyatiga ega boʻlishi;
  • AQSHning ushbu dastur uchun zarur boʻladigan taʼlim almashinuvi vizasini (J-1) olish va saqlash huquqiga ega boʻlishi;
  • Dastur yakunlangandan soʻng Oʻzbekistonga qaytib kelishi kerak.

Dasturga quyidagi nomzodlar qatnashish huquqiga ega emas:

  • AQSH fuqarolari hamda AQSHda doimiy istiqomat qilish huquqiga ega boʻlganlar;
  • Hozirda Oʻzbekistondan tashqarida yashab turgan shaxslar;
  • “Sports Visitor” dasturining sobiq qatnashuvchilari;
  • Erkaklar.

Dasturga qatnashish talablari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladilar:

  • AQSHga ushbu dastur doirasida ikki haftalik safar qilish;
  • Professional instruktorlar oʻtkazadigan jismoniy va ruhiy salomatlik boʻyicha sessiyalarda qatnashish;
  • Amerikaning ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan oʻzini himoya qilish oʻquv dasturlarini oʻqitish tajribasiga ega boʻlish;
  • Amerika madaniyati bilan yaqindan tanishish;
  • Dasturga qatnashish bepul!

Dastur manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashish uchun arizani quyidagi tillardan birida toʻldirish mumkin:

Eslatma: Nomzodlardan arizalarni faqat bir tilda toʻldirishlari soʻraladi. Toʻliq boʻlmagan arizalar tanlovdan chetlashtirib yuboriladi.

Qo'shimcha ma'lumot

Topshirilgan arizalar asosida tanlangan nomzodlar ikkinchi bosqich uchun yaʼni suhbatga taklif etiladi.

Murojaat uchun:

Oʻzbekiston Respublikasi, 100093, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 5-mavze, Moyqoʻrgʻon koʻchasi, 3-uy.
Tel: +998 781205450
Fax: +998 781206335

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Rus tili, O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 21

  • Jins

    Ayol

AQSh Ayol-qizlar uchun AQSHda ikki haftalik oʻzini oʻzi himoya qilish (Self-Defence) kurslarini oʻrgatish boʻyicha bepul Sports Visitor Program dasturi
10 Apr, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.