Ayol-qizlar uchun AQShda magistratura, doktorantura va postdoktorantura bosqichida oʻqish va tadqiqot olib borish uchun $18.000 dan $30.000 gacha grant taqdim qiluvchi AAUW dasturi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
14 Noy, 2021 · Muddat tugagan

Ayol-qizlar uchun AQShda magistratura, doktorantura va postdoktorantura bosqichida oʻqish va tadqiqot olib borish uchun $18.000 dan $30.000 gacha grant taqdim qiluvchi AAUW dasturi

Magistratura +2 To‘liq taʼlim Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

International Fellowships AQSh fuqarosi boʻlmagan akademik jihatdan faol va bilimli ayol-qizlar uchun AQSh universitetlarida magistratura, doktorantura va postdoktorantura bosqichlarida oʻqish yoki ilmiy tadqiqot olib borish imkoniyatini beruvchi dastur hisoblanadi. Dastur davomida ayol-qizlar AQShda bepul oʻqish bilan birga, tanlagan kurslariga qarab $18,000 dan $30,000 gacha grant mablag'i bilan taʼminlanadilar.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda qatnashish uchun ayol-qizlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Nomzodlar AQSh fuqarosi boʻlmasligi kerak
  • Bakalavr bosqichini yakunlagan va dastur boshlangunga qadar AQShda magistratura yoki doktoranturaga qabul qilingan yoki oʻqiyotgan ayol-qizlar boʻlishi lozim
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi va akademik yuqori koʻrsatkichga ega boʻlishi kerak
  • Avval ushbu dasturda ishtirok etganlar va AAUW (American Association of University Women) tashkiloti xodimlari grant uchun ariza topshira olmaydi

Talablar haqida batafsil ushbu havola orqali bilib olishingiz mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilingan nomzodlarga quyidagicha yillik stipendiyalar beriladi:

  • Magistr talabalari uchun bir martalik $18,000 grant
  • Doktorlik darajasi uchun bir martalik $20,000 grant
  • Postdoktorlar uchun bir martalik $30,000 grant

Yuqoridagi grant mablag'lari quyidagilar uchun ishlatilishi mumkin:

  • Taʼlim xarajatlari
  • Yashash xarajatlari
  • Farzand parvarishi xarajatlari
  • Professional uchrashuvlar, konferensiya yoki seminarlarga qatnashish uchun safar xarajatlari

To'liq ma'lumot bilan ushbu havoladagi Regulations bo'limi orqali tanishishingiz mumkin

Topshirish jarayoni

Dasturga ariza topshirish uchun nomzodlar ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtishlari va kerakli hujjatlarni joylashlari lozim.

Kerakli hujjatlar:

  • Bakalavr darajasini tugatganligini tasdiqlovchi hujjat/diplom va uning baholari
  • Tamomlagan universitetidagi barcha fanlar va ulardan olgan baholar roʻyxati
  • Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat: IELTS 6.5 /TOEFL iBT 79 yoki ekvivalent
  • AQShdagi universitetda oʻqiyotganlar oʻsha universitetdan hozirda oʻqiyotganligini tasdiqlovchi hujjat va agar mavjud boʻlsa, oʻtilayotgan fanlar va baholari

Barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi lozim.

Qo'shimcha ma'lumot

Ariza topshirish jarayonida texnik muammolar yuzaga kelsa, ushbu manzilga murojaat qilishingiz mumkin.

Dasturga qabul qilingan ishtirokchilar roʻyxati 2022-yil 15-aprelda eʼlon qilinadi.

Dastur 2022-yil 1-iyuldan 2023-yil 30-iyunga qadar davom etadi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Daraja

    Magistratura, PhD, Postdoktorantura

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • IELTS talabi

    Min: 6.5

AQSh Ayol-qizlar uchun AQShda magistratura, doktorantura va postdoktorantura bosqichida oʻqish va tadqiqot olib borish uchun $18.000 dan $30.000 gacha grant taqdim qiluvchi AAUW dasturi
14 Noy, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.