Tavsif
Tinchlik oʻrnatish va nizolarni hal qilish sohasida faol boʻlgan ayollar uchun Avstriyada xarajatlari qoplanadigan dastur — OSCE Womenʼs Peace Leadership Programme taqdim etiladi. Dastur uchun 20 nafargacha faol ayol-qizlar tanlab olinishi rejalashtirilgan.
Dasturning maqsadi ishtirokchilarning yetakchilik qobiliyatlarini va amaliy raqamli koʻnikmalarini kuchaytirish orqali kompleks xavfsizlik hamda demokratik barqarorlikni qoʻllab-quvvatlovchi tinchlik tashabbuslarini rivojlantirishdir.
Shuningdek, dastur kasbiy rivojlanishni qoʻllab-quvvatlaydi, professional tarmoqlarga kirish imkonini beradi va yangi imkoniyatlar bilan tanishtiradi.
Ushbu bir yillik dastur 2026-yil may oyidan 2027-yil may oyigacha davom etadi va WIN loyihasi doirasida amalga oshiriladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.